Dushanba kungi brifingda prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov davlat rahbarining haftalik ish rejasidan o‘rin olgan tadbirlar haqida ma’lumot berdi, deya xabar bermoqda «Gazeta.uz» muxbiri.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Shavkat Mirziyoyev haftani neft va gaz sohalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazish bilan boshlaydi.

Shuningdek, hafta mobaynida Toshkent viloyatida ishlab chiqarish sohalarini rivojlantirish, Surxondaryo viloyatida ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash hamda yo‘l bo‘ylarida amalga oshiriladigan loyihalar bo‘yicha taqdimotlar rejalashtirilgan.

«O‘zbekiston Respublikasi prezidentining mamlakatimiz tadbirkorlari bilan ochiq muloqotiga ham qizg‘in tayyorgarlik ko‘rilmoqda», — dedi Sherzod Asadov.