7 avgust kuni Toshkentda Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi siyosiy kengashining navbatdagi majlisida oktyabr oyidagi prezidentlik sayloviga amaldagi davlat rahbari Shavkat Mirziyoyev nomzodini ko‘rsatmoqchi ekanligini e’lon qildi. Yig‘ilishda O‘zLiDeP siyosiy kengashi a’zosi Abdulla Aripov nutq so‘zladi. «Gazeta.uz» uning nutqini taqdim etadi (bosh vazir nutqining videolavhasini Kun.uz e’lon qilgan).

Abdulla Aripov nutqi

Ma’lumki xurmatli prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev tomonlaridan 2017 yil 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning 5 ta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha harakatlar strategiyasi qabul qilindi. So‘nggi 5 yil ichida ushbu strategiya asosida barcha sohalarda tub o‘zgarishlar amalga oshirildi. Har tomonlama rivojlangan Yangi O‘zbekiston barpo etilmoqda va Uchinchi Renessansning poydevori yaratilmoqda. Mamlakatimiz rahbarining «Xalq davlat idoralariga emas — balki davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak» degan g‘oyalari faoliyatimiz asosiga aylandi.

Ular 5 yil oldin xalq bilan muloqotning mutlaqo yangi tizimni, yangi institutini yaratib berdilar. O‘zbekiston Respublikasi prezidentining virtual qabulxonasi, joylarda xalq qabulxonalari tashkil etildi. Xalqimiz o‘zining dard-u hastratini, yillar davomida yig‘ilgan muammolarini ochiq-oshkora ayta boshladi.

Davlatimiz rahbarining «Inson qadri ulug‘, ertaga emas uzoq kelajakda emas, aynan bugun o‘z hayotidan rozi va mamnun bo‘lib yashashi» degan ezgu g‘oyalarni ijobatini yurtdoshlarimiz bugun o‘z taqdiri va oilasi misolida ko‘rib, his qilib turishibdi. Ochiqlik siyosati olib borilgani tufayli xalqimizning davlatga nisbatan ishonchi yanada mustahkamlandi.

Hurmatli Shavkat Miromonovich har doim yurtdoshlarimizning dardi bilan yashaydilar. Shuning uchun prezidentlik faoliyatini boshlashlari bilan aholini eng ko‘p tashvishga solayotgan uy-joy masalasini davlat siyosatining ustuvor vazifalaridan biri sifatida belgiladilar. Qisqa vaqt ichida mamlakatimiz ulkan qurilish maydoniga aylandi. Uzoq yillar boshpanasiz bo‘lgan yuzlab, minglab oilalar shaxsiy uy joylarga ega bo‘ldilar.

2020 yilda ijtimoiy nafaqa oluvchilar qamrovi 2 baravar oshirilib, 1 million 200 ming nafarga yetdi.

Yillar davomida yashirib kelingan kambag‘allik muammosi borligini muhtaram prezidentimiz ochiq gapirib, unga qarshi keskin kurash boshlab berdilar. Ehtiyojmand oilalar, ayollar va yoshlar bilan manzilli ishlash bo‘yicha, mutlaqo yangicha «Temir daftar», «Ayollar daftari» va «Yoshlar daftari» tizimi joriy etildi.

Davlatimiz rahbarining qat’iy siyosiy irodalari bilan mamlakatimizda inson huquqlari va kafolatlari kuchaytirilib, majburiy mehnatga shu jumladan bolalar mehnatiga butunlay barham berildi.

Yodingizda bo‘lsa, avvalari o‘qituvchilar, tibbiyot xodimlari va boshqalar ijtimoiy soha vakillari bolalarni o‘qitish, bemorlarni davolash, o‘z ishlarini amalga oshirish o‘rniga, o‘quvchi va talabalar bilan birgalikda butun kuz paxta dalasida o‘tkazishar edi. Bahorda esa paxta chopig‘iga chiqishar edi. Shu darajaga yetib borgan ediki, maktablarning umumiy natijasida erkak o‘qituvchilarning soni keskin kamayib ketgan edi. Bu o‘z o‘rnida maktab bolalaring ta’lim-tarbiyasiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatdi.

Chet ellarda ishlayotgan O‘zbekiston fuqarolarining haq-huquqlari ham ta’minlanmas edi. Bu masalaga umuman e’tibor qaratilmagan. Hurmatli prezidentimiz, ishlash, pul topish uchun horijga ketayotgan fuqarolarimizga munosabatni butkul o‘zgartirdilar. Ularning chet elda huquqlari paymol bo‘lishini oldini olish, ijtimoiy muhofazasini ta’minlash, tashkillashtirilgan migratsiyani yo‘lga qo‘yish bo‘yicha mutlaqo yangi tizimni yaratib berdilar.

Adashib, boshqa yo‘lga kirib qolgan vatandoshlarimizga dushman ko‘zi bilan qarash emas, aksincha kechirimli bo‘lish, ularga insoniylikning eng yuksak namunasini ko‘rsatish davlatimiz rahbarining muhim islohotlaridan biri bo‘ldi.

Mamlakatimiz tarihida ilk bor «Mehr» operatsiyalari besh marotaba amalga oshirilib,Suriya, Iroq va Afg‘onistondan jami 531 nafar fuqaro, asosan ayollar va bolalar Vatanimizga qaytarib olib kelingani buning yaqqol tasdig‘idir.

Ming afsuski 2016 yilgacha maktabgacha ta’lim muassasalari soni yildan yilga kamaydi. Bolalarni bog‘chalar bilan qamrab olish bor yog‘i 30 foizni tashkil etadi. Mamlakatimiz yigit qizlarining atigi 9 foizi oliy ta’limga qamrab olishning imkoni mavjud edi.

Hurmatli prezidentimiz tashabbuslari bilan ushbu muammolar hal etildi. Bugungi kunda va xususiy sheriklik asosida bog‘chalar soni 14 mingtadan oshdi. Shundan 8300ga yaqinini nodavlat bog‘chalari tashkil etadi. Ayni paytda, 1 mln 800 ming nafar yoki 63 foiz bola bog‘chaga bormoqda. Yil yakuniga qadar bu ko‘rsatkich 67 foizga, 2023 yilning ohiriga 75 foizga yetkazilishi belgilab qo‘yilgan.

Ta’lim va tarbiya masalasi umummilliy harakatga aylandi. O‘qituvchining mavqeyiini yuksaltirish, ustoz muallimlarga munosib shart-sharoitlarni yaratish maqsadida pedagog hodimlarning ish haqqi bosqichma-bosqich oshirib borilmoqda.

Yoshlarning iqtidori va salohiyatini to‘g‘ri yo‘naltirish, umumta’lim fanlarini o‘qitishning butunlay yangicha tizimi yaratildi.

Mamlakatimizda prezident maktabi va ixtsoslashtirilgan hamda ijod maktablari tashkil etildi. Oliy ta’lim tizimida amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar ham bugungi kunga kelib o‘z natijalarini bermoqda. So‘nggi besh yilda yoshlarni oliy ta’lim bilan qamrab olish darajasi 9 foizdan 20 foizga yetkazildi. Jumladan 10 ta nodavlat hamda 19 ta xorijiy OTMlar filiallari tashkil etildi. Horijiy universitetlari filiallari 26 taga yetkazildi.

Pandemiya oqibatlarini yumshatish va bartaraf etish uchun davlat tomonidan jami 82 trln so‘mlik komleks chora-tadbirlar amalga oshirildi. Jumladan inqirozga qarshi jamg‘arma muhtaram prezidentimizning tashabbuslari bilan tashkil etilib, koronavirusga qarshi kurashish, aholi va korxonlarni qo‘llab-quvvatlash bilan bog‘liq tadbirlarga byudjetdan 16 trln so‘mdan ortiq mablag‘ yo‘naltirildi.

Farmatsevtika sohasini izchil rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilib, prezident qarori bilan bu tasdiqlandi. Pandemiya davri uchun o‘ta muhim bo‘lgan remdesivir, favipiravir, geparin, enoksaparin va boshqa preparatlarni o‘zimizda ishlab chiqish qisqa muddatda yo‘lga qo‘yildi. Hurmatli prezidentimizning say-harakatlari tufayli juda katta mashaqqatlar bilan «Sputnik V», AstraZeneca, ZF-UZ-VAC2001, Moderna vaksinalari olib kelinyapti va eng muhimi, xalqimiz bepul emlanyapti.

Barchangizga ma’lum o‘tgan yili mamlakatimiz uchun og‘ir sinovlar yili bo‘ldi. Pandemiya balosi yetmaganidek, Buxoro viloyatida, so‘ngra Sardoba suv omborida kutilmaganda yuz bergan tabiiy va texnogen ofatlar ham el-yurtimizning irodasini yana bir bor jiddiy sinovdan o‘tkazdi.

Aholi punktlari, ijtimoiy soha obyektlari, ekin maydonlari katta talafot ko‘rdi. Yuzlab odamlar uysiz va boshpanasiz qoldi. Shuni aytishni istardimki, hurmatli prezidentimiz bu ikkala talofat bo‘yicha ham, talofat e’lon qilinishi bilan qisqa muddat ichida o‘sha kunning o‘zida joylarga bordilar. Shaxsan, Sardobaga tashrif buyurib, xonadonma xonadon yurdilar. Zarar ko‘rgan aholi bilan bittama bitta uchrashib ular bilan suhbatlashib, barcha tashvishlariga sherik bo‘ldilar.

Prezidentimiz tomonlaridan qabul qilingan 2017−2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning 5 ta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha harakatlar strategiyasi iqtisodiyotimizni barqaror o‘sishini poydevori bo‘lib xizmat qilmoqda.

Shu o‘rinda bir narsani sizlarga eslatmoqchiman, besh yil avval valyuta bozori qay ahvolda edi? Ko‘p-ko‘p qo‘shtirnoq ichidagi «aqlli» iqtisrdchilar valyuta bozori erkinlashishia keskin qarshi bo‘lganlar. Faqatgina hurmatli Shavkat Miromonovichning qat’iyatliklari bilan valyuta bozori erkinlashdi. Milliy valyuta so‘mni ayirboshlash imkoniyati yaratildi.

Haqiqiy bozor iqtisodiyotini barpo etish maqsadida qabul qilingan ushbu tarixiy qarorlari tufayli, makroiqtisodiy barqarorlik ta’minlandi.

Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bog‘liq targ‘ibotlar yengillashtirildi. Shavkat Miromonovich Mirziyoyev prezident etib saylanganliklarining ilk kunlaridanoq, hududlarni komleks rivojlantirishga jiddiy e’tibor qaratdilar. Ayniqsa, iqtisodiy va ijtimoiy jihatdan orqada qolayotgan tumanlar va shaharlarni taraqqiy etttirish, aholi turmush sharoitini yaxshilash masalasi muhim vazifalardan biri bo‘ldi.

Umuman yangi bo‘lgan qishloq va mahallalarni arxitektura qiyofasini tubdan o‘zgartirish borasida «Obod qishloq va obod mahalla» dasturlari amaliyotga joriy etildi.

Muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish, aholi turmush sharoitini yaxshilash bo‘yicha katta mablag‘lar ajratib kelinyapti. Hususan aholining ichimlik suv-ta’minotini yaxshilash uchun har yili 4 tlrn so‘mga yaqin, yo‘llarning holatini yaxshilashga esa 6 trln so‘mga yaqin mablag‘lar ajratib kelinmoqda.

Hurmatli prezidentimiz tomonlaridan o‘tgan davr mobaynida tashqi siyosat sohasida xorijiy davlatlar birinchi navbatda qo‘shni mamlakatlar bilan do‘stona va o‘zaro manfaatli munosabatlarni rivojlantirish borasida izchil islohotlarni amalga oshirildi. Xalqaro munosabatlarning yangi sahifasi ochildi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Buning natijasida O‘zbekistonimiznming tashqi siyosiy maydonidagi mavqei yuqori darajaga ko‘tarilib, kundan-kun ortib bormoqda.

Barcha mamlakatlar, ayniqsa Markaziy Osiyo davlatlari bilan ko‘p asrlik do‘stlik va yaxshi ko‘shnichilik, strategik-sheriklik va o‘zaro ishonch ruhidagi aloqalarimiz mutlaqo yangi darajaga ko‘tarildi. Eng muhimi hurmatli prezidentimizning bu dono siyosatlari tufayli O‘zbekistonning qo‘shni mamalakatlar bilan savdo aylanmasi 5 baravarga ortdi. Aksariyat yopilgan o‘tish chegara punktlari ochildi. Turli hil to‘siqlar olib tashlandi. Uzoq yillar bir-birini ko‘ra olmagan qarindoshlar diydorlashdi. Xalqlarimiz bir-biriga yanada yaqin bo‘lishdi.

Qo‘shni davlatlar bilan yillar davomida turg‘un bo‘lib, ko‘p hollarda ziddiyat keltirib chiqargan chegara masalalari hurmatli prezidentimizning say harakatlari bilan o‘z yechimini topib kelyapti.

Qadrli do‘stlar! O‘tgan 5 yilda qilingan tarixiy ahamiyatga ega mamlakatimiz ijtimoiy siyosiy taraqqiyoti va xalqimiz hayotidagi amaliy isbotini topgan islohotlarning ayrimlari haqida to‘xtaldik xolos.

Umuman hayotimizning barcha jabhalarida jonlanish, o‘sish, o‘zgarish yaqqol ko‘zga tashlanmoqda. Buni e’tirof etmaslik, tan olmaslik haqiqtdan ko‘z yumish bo‘ladi.

O‘zbekistonda butunlay yangicha iqtisodiy-siyosiy, ijtimoiy-ma’naviy, ilmiy-ma’rifiy iqlim paydo bo‘ldi. Xo‘sh, mamlakatimiz bunday maqtanishga arzigulik natijalarga qanday erishdi?

Erishilayotgan natijalarga aslo qoniqmaslik, muvaffaqiyatlarga mahliyo bo‘lmaslik, mavjud ahvolni haqqoniy, ishlarni muntazam tanqidiy baholashga, o‘zlarining va jamoalarning olidiga tinimsiz bir-biridan murakkab vazifalarni qo‘yib, doim marrani baland olishga da’vat qilgan hurmatli prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev qat’iy siyosiy irodalari va shaxsiy namunalari bilan erishdik.

Biz juda tez amalga oshirilayotgan o‘zgarishlarga ko‘nikib qoldik. Ularning mohiyatini anglashga ulgurmayapmiz. Go‘yo Vatanimiz ravnaqi xalqimiz farovonligi yo‘lida qilinayotgan mislsiz islohotlar aynan shunday bo‘lishi kerakdek va shu ishlar o‘z-o‘zidan bo‘layotgandek qabul qilyapmiz. Aslida buning zamirida davlatimiz oldida turgan dolzarb muammolarni aql-idrok bilan yecha oladigan fidoiy, mard, serg‘ayrat va tafakkuri kuchli bo‘lgan shaxsning — hurmatli Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning qat’iyatlari mujassam.

Bugun shu yerda o‘tirganlar, partiyaning minglab a’zolari, umuman butun xalqimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning ulkan hayotiy tajribalari, irodalari, qat’iyatliklari Vatanni, xalqini sevishi va insoniy fazilatlarini teran his etib turibdi.

Hurmatli partiyadoshlar! Partiyamizning navbatdagi s’ezdida mamlakatimizdagi barcha tashabbuskor insonlar, iqtisodiyotimizni mustahkamlayotgan tadbirkorlar, qishloq xo‘jaligini yuksaltirayotgan fidoiylar Yangi O‘zbekistonda yaratilayotgan shart-sharoitlardan ruhlanib, yangi maqsadlar sari intilayotgan millionlab yoshlar yurtimiz bugungi kundagidanda farovon taraqqiy etishini so‘rab duo qilayotgan nuroniy keksalarimiz nomidan prezident saylovida fidoyi inson, o‘z hayotini shu xalq saodatiga bag‘ishlagan Shavkat Miromonovich Miriziyoyev nomzodlarini ko‘rsatilishini qo‘llab-quvvatlashga chaqiraman.