O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 13 avgust kuni Yaponiyaning Tokio shahrida bo‘lib o‘tgan XXXII yozgi Olimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston sharafini munosib himoya qilib, yuqori natijalarga erishgan bir guruh sportchilar va murabbiylarni mukofotladi.

Davlat rahbari faxriy unvon, orden va medallar bilan quyidagilarni taqdirladi:


«Fidokorona xizmatlari uchun» ordeni bilan

  • Jalolov Bahodir Isomiddin o‘g‘li — Boks bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi

«O‘zbekiston iftixori» faxriy unvoni bilan

  • Djurayev Akbar Xusnidilla o‘g‘li — Og‘ir atletika bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi
  • Rashitov Ulug‘bek Ismatullayevich — Taekvondo bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi

«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi» faxriy unvoni bilan

  • Abduraxmonov Bekzod Maxamadjanovich — Erkin kurash bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi
  • Bobonov Davlat Husniddin o‘g‘li — Dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi

«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sport ustozi» faxriy unvoni bilan

  • Abduraxmanov Muzaffar Maxamadjonovich — Erkin kurash bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi murabbiysi
  • Kabinov Istam Ashurovich — Buxoro viloyati Kogon shahar bolalar va o‘smirlar sport maktabi boks bo‘yicha murabbiysi
  • Qilichev Farruh Komilovich — Toshkent viloyati Chirchiq ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internati boks bo‘limi bosh murabbiysi
  • Qobulov Nurali O‘ktamovich — Dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi murabbiysi
  • Mirzadjanov Farxod Mirxamitovich — O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi og‘ir atletika bo‘yicha murabbiysi
  • Rasulov Elshod Yunusovich — Boks bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi murabbiysi
  • Xan Pavel Afanasevich — Taekvondo bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi murabbiysi
  • Chusovitina Oksana Aleksandrovna — Gimnastika bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi


I darajali «Sog‘lom avlod uchun» ordeni bilan

  • Zoirov Shaxobidin Shokirovich — Boks bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi
  • Qilichev To‘lkin Maxmurovich — Boks bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi murabbiysi
  • Maxmudov Shaxrillo Sharipovich — Og‘ir atletika bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi murabbiysi

«Do‘stlik» ordeni bilan

  • Kamilov Azizjon Yakubjanovich — O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi raisi
  • Nazlimov Vladimir Aliverovich — Qilichbozlik bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi murabbiysi
  • Polatov Saken Djetibayevich — O‘zbekiston boks federatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari
  • Sayidov Ramziddin Beshimovich — Dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi murabbiysi
  • Tashmatov Sherzod Rixsibayevich — O‘zbekiston taekvondo assotsiatsiyasi raisi

«Jasorat» medali bilan

  • Dayibekova Zaynab Kazbekovna — Qilichbozlik bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi
  • Mirzaxalilov Mirazizbek Mirzakarim o‘g‘li — Boks bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi
  • Raximova Tursunoy Farxod qizi — Boks bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi

«Kelajak bunyodkori» medali bilan

  • Abduraximov Rasuljon Shuxrat o‘g‘li — Gimnastika bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi
  • Voronina Yekaterina Aleksandrovna — Yengil atletika bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi
  • Zokirova Nilufar Obidjon qizi — Baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi
  • Keldiyorova Diyora Baxtiyor qizi — Dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi
  • Qodirova Rayhona Yusuf qizi — Boks bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi
  • Nabiyeva Muattar Abdullajon qizi — Og‘ir atletika bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi
  • Rafalovich Nikita Igorevich — Taekvondo bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi
  • Raxmatova Dilnoza Bakir qizi — Baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi
  • Sadullayeva Safina Erkinovna — Yengil atletika bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi
  • Toxirova Muhtasar Jahongir qizi — O‘q otish bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi

«Shuhrat» medali bilan

  • Alimova Dilrabo Axmadjonovna — O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi «O‘zbekiston 24» telekanali «Ijtimoiy-huquqiy va sport dasturlari» muharririyati sport bo‘limi mudiri
  • Kayumov Aziz Ilxamovich — Dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi shifokori
  • Mirzadiyarov Rustam Islamovich — Baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi katta murabbiysi
  • Muslimov Obiddin — Og‘ir atletika bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi manual terapiya bo‘yicha mutaxassisi
  • Rasulov Komiljon Kuddusovich — Boks bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi shifokori
  • Ergashev Adxamjon Abdullajon o‘g‘li — Og‘ir atletika bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi
  • Yulchiyev Sunnatulla Tuychibayevich — Respublika sport tibbiyoti ilmiy amaliy markazi sport tibbiyoti bo‘limi shifokori
  • Yunusov Mas’udjon Alimdjonovich — Taekvondo bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh shifokori.

Olimpiadada ishtirok etgan O‘zbekiston Olimpiya delegatsiyasi 9 avgust kuni Toshkentga qaytib keldi. Terma jamoa o‘yinlarni beshta medal — uchta oltin va ikkita bronza bilan tugatib, bahslarda 32-o‘rinni egalladi. Bu Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida eng yaxshi ko‘rsatkich va MDH mamlakatlari orasida (Rossiyadan keyin) ikkinchi o‘rin degani.

Olimpiya o‘yinlari g‘oliblariga 200 ming dollardan, bronza medali sohiblarining har biri 50 ming dollardan olishadi. Bundan tashqari, sovrindorlar murabbiylariga, shuningdek, Olimpiadaning barcha ishtirokchilariga pul mukofotlari topshiriladi.