Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentning Sergeli tumanida ayol 3 nafar farzandi bilan o‘zini 9-qavatdan pastga tashlagani haqida xabar tarqaldi.
Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov ayni damda tezkor-tergov guruhi voqea joyida o‘rganish ishlarini olib borayotganini ma’lum qildi.
“Natijasi bo‘yicha xabar beriladi”, — deya ma’lum qildi u.
Hodisaning boshqa tafsilotlari ma’lum qilinganicha yo‘q.
Telegramdan foydalanasizmi? Muhim yangiliklarni o‘tkazib yubormaslik uchun kanalimizga a’zo bo‘ling.