Toshkentning Sergeli tumanida ayol 3 nafar farzandi bilan o‘zini to‘qqizinchi qavatdan tashlab yuborgani xabar qilingandi. Bosh prokuratura matbuot kotibining “Gazeta.uz”ga ma’lum qilishicha, ularning barchasi voqea joyida halok bo‘lgan.

Aniqlanishicha, 3-aprel kuni soat 19:20 da 1996-yilda tug‘ilgan A.D. 5 va 4 yoshli farzandlarini (bir qiz, bir o‘g‘il) pastga tashlab yuborgan.

Shundan so‘ng qo‘liga bir yoshli farzandini (qiz) olib, o‘zi ham pastga sakragan. Oqibatda ularning barchasi olgan tan jarohatlari oqibatida voqea joyida vafot etgan.

Voqea sabablari o‘rganilmoqda, deya qo‘shimcha qildi Bosh prokuratura.