Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti va Toshkent moliya instituti shahar markazidan Sergeli tumaniga ko‘chirilishi mumkin.

Poytaxt hokimligi matbuot xizmati mutaxassisi Gulnoza Qosimovaning “Gazeta.uz”ga ma’lum qilishicha, rasmiylar ushbu loyihani muhokama qilmoqda.

“Loyiha hozircha muhokama qilinmoqda, buning [universitet binolarini ko‘chirish] ehtimoli bor, ammo hozircha aniq qaror yo‘q. Loyiha ishlab chiqilmoqda. Agar u tayyor va tasdiqlansa, albatta sizga xabar beramiz”, — dedi u.

TDIU Islom Karimov ko‘chasida, moliya muassasasining asosiy binosi esa Amir Temir ko‘chasida joylashgan.

Toshkent moliya instituti. Foto: smapse.ru.Toshkent moliya instituti. Foto: smapse.ru.

“Gazeta.uz” manbasiga ko‘ra, hukumat o‘rta muddatli istiqbolda davlat xarajatlarini optimallashtirish uchun ayrim yo‘nalishlarni qayta ko‘rib chiqish va qisqartirish bilan ushbu ikki oliy ta’lim muassasasini birlashtirish masalasini ham ko‘rib chiqmoqda. Umuman olganda, kelgusida universitetlarni sig‘imi va ilmiy salohiyatidan kelib chiqib, bosqichma-bosqich kattalashtirish (birlashtirish) rejalashtirilgan.