Sergeli tumanida yo‘l qurilish ishlari olib borilishi munosabati bilan 2-Sergeli katta suv o‘tkazgich tarmog‘ida ta’mirlash ishlari olib boriladi, deya xabar berdi Toshkent shahar hokimligi.

Shu munosabat bilan 26 aprel soat 10:00 dan 27 aprel soat 10:00 gacha quyidagi manzillarda issiq va sovuq suv ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi:

  • 8-Issiqlik qozonxonasi;
  • «Mustaqillik» MFY;
  • «Do‘stlik» MFY;
  • «O‘zgarish» MFY;
  • Xabibiy MFY;
  • Shukur Burxonov MFY;
  • «Tinchlik» MFY;
  • «Guliston» MFY;
  • Bobur MFY;
  • «Ittifoq» MFY;
  • Nilufar MFY;
  • «Navro‘z» MFY;
  • «Xumo» MFY;
  • «Yorqin hayot» MFY;
  • Sug‘diyona MFY;
  • «Qumariq» MFY;
  • «Olchazor» MFY;
  • Do‘stlik-1, 2 mavzelari;
  • Sergeli-1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8-a, 9, 15, 16, 17, 18 mavzelari;
  • Sergeli- A, 5A, 6A, 7A, 11A;
  • Temir yo‘lchi G-40 mavzesi;
  • Yo‘ldosh-16 A yangi daha;
  • 8- va 9-qurilish hududi;
  • 10-qurilish hududi.