29 iyun soat 22:00 dan 30 iyun soat 12:00 ga qadar Toshkent shahrining Sergeli tumanidagi ayrim mahallalarda ichimlik suvi ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Bu Qipchoq (Xonobod) ko‘chasi bo‘ylab TXAYdan Fayzli ko‘chasigacha bo‘lgan hududda yer usti metrosi qurilishi doirasida quvurlarni o‘tkazish bilan bog‘liq, deb xabar berdi «O‘zsuvta’minot» AJ.

Suv ta’minoti to‘xtatiladigan mahallalar: «Ziyokor», «Nomdanak», «Qorasuv» (poliklinika ham), «Taraqqiyot», «Xonobod» (maktab va 17 ta ko‘pqavatli uylar), «Qushbegi», «Xonobodtepa» (shu jumladan, hokimiyat 1-sektor shtabi, qabriston, masjid, asfalt zavod va ishlab chiqaruvchi korxonalar), «Quruvchilar» (maktab va bog‘cha), «Daryo bo‘yi» (maktab, bog‘cha, OBD qozonxona, o‘t o‘chirish bo‘linmasi, qabriston, ko‘pqavatli uylar va ishlab chiqaruvchi korxonalar), «Fayzli» (bog‘cha), «Jaloir» va «Qipchoq» (hududdagi masjidda ham).

Suv bosimi pasayadigan mahallalar: «Sug‘diyona» va «Sofdil».

Yangixayot tumanidagi suv bosimi pasayadigan mahallalar: «Qipchoq», «Yo‘ldosh», «Al-Farg‘oniy» (ko‘pqavatli uylar), «Viqor» (2 qavatli uylar, maktab va bog‘cha), «Olchazor», «Do‘stlik», «Chortoq» (maktab, shpris zavodi va ishlab chiqaruvchi korxonalar), «Charog‘on» (ko‘pqavatli uylar va bog‘cha), tug‘ruqxona, 37№ Poliklinika, KVD, O‘likxona, Yangihayot tuman xohimiyati, Doka xleb, «Toshkent» mahallasi, Metall zavodi, 12-avtobuslar saroyi, KNS, «Grin park» va «Evrika» xususiy bog‘chasi.

Ichimlik suvi vaqtinchalik to‘xtatilgan manzillarda maxsus texnika yordamida ichimlik suvi yetkazib beriladi.