Toshkentning Sergeli va Yangihayot tumanlaridagi gaz quvurlarida ta’mirlash ishlari olib borilayotgani sababli 10 fevral kuni ayrim manzilgohlarda gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatildi. Bu haqda “Hududgazta'minot” matbuot xizmati xabar bermoqda.

Bugun, 10 fevral kuni soat 11:00 dan 18:00 gacha Yangihayot tumani, “Navqiron”, “Ibrat”, “Olchazor” mahallalaridagi 3725 ta xonadonlarda, Sergeli tumani, “Sofdil” mahallasidagi 322 ta yerli xonadonlarda hamda ushbu manzillardagi 35 ta ulgurji iste’molchilarida tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.

Ta’mirlash ishlari tugatilgandan so‘ng, tabiiy gaz qayta tiklanadi.