«sergeli» tegli maqolalar


Toshkentning Sergeli tumanida yirik yong‘in sodir bo‘ldi
16 aprel 2021, 06:25

Toshkentning Sergeli tumanida yirik yong‘in sodir bo‘ldi

Poytaxtning Sergeli tumanida joylashgan polietilen mahsulotlarini ishlab chiqarish korxonasida jumaga o‘tar kechasi yirik yong‘in sodir bo‘ldi.

Yoshlar ittifoqi raisi Sergeli tumani hokimining birinchi o‘rinbosari bo‘ldi
6 aprel 2021, 16:09

Yoshlar ittifoqi raisi Sergeli tumani hokimining birinchi o‘rinbosari bo‘ldi

Akmal Jumaboyev Toshkent shahar Sergeli tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi. U bunga qadar O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi sifatida faoliyat olib borgan.

Toshkentning Yashnobod va Sergeli tumanlarida gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatildi
17 mart 2021, 10:25

Toshkentning Yashnobod va Sergeli tumanlarida gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatildi

Gaz tarmoqlarida ta’mirlash ishlari olib borilayotgani munosabati bilan 17 mart kuni Toshkentning Yashnobod va Sergeli tumanlarida gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatildi.

15 mart kuni Toshkentning Sergeli va Olmazor tumanlarida gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi
15 mart 2021, 13:22

15 mart kuni Toshkentning Sergeli va Olmazor tumanlarida gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi

«Hududgaz Poytaxt» ning xabar berishicha, Sergeli va Olmazor tumanlarining gaz tarmoqlarida ta’mirlash ishlari olib borilayotgani sababli ayrim hududlarda gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.

Sergelida yuz bergan janjalga rasmiy munosabat bildirildi
21 yanvar 2021, 12:48

Sergelida yuz bergan janjalga rasmiy munosabat bildirildi

Sergeli tumanida muqaddam sudlangan ikki nafar shaxs mast holatda avtoturargohda turgan mashinani to‘sgan. Fuqarolar o‘rtasida o‘zaro janjal yuzaga kelib, tan jarohatlari yetkazilgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Sergelida 14 tup daraxt ekskvator bilan qo‘porib tashlandi
19 yanvar 2021, 12:06

Sergelida 14 tup daraxt ekskvator bilan qo‘porib tashlandi

Sergeli tumanida 14 tup daraxt ekskvator bilan noqonuniy tarzda qo‘porib tashlandi. Yetkazilgan zarar 151 mln 194 ming so‘mga baholanmoqda.

Sergeli tumanida ikkita yirik ko‘chani tutashtiruvchi ko‘prik foydalanishga topshirildi
26 dekabr 2020, 17:16

Sergeli tumanida ikkita yirik ko‘chani tutashtiruvchi ko‘prik foydalanishga topshirildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Sergeli tumani Qipchoq ko‘chasida qurilgan ko‘prikni ko‘zdan kechirdi. Ushbu ko‘prikning uzunligi 772 metr bo‘lib, u Toshkentdagi ikkita yirik ko‘cha — Yangi Sergeli aylanma yo‘li bilan Xalqa yo‘lini bog‘laydi.

Toshkent metropolitenining Sergeli yo‘nalishi ochildi
26 dekabr 2020, 16:35

Toshkent metropolitenining Sergeli yo‘nalishi ochildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun Toshkent metropolitenining Sergeli yo‘nalishini borib ko‘rdi. Ushbu metro yo‘nalishining uzunligi 7 kilometrni tashkil qilib, beshta bekatdan iborat. Ushbu yo‘nalishda kuniga 35 mingtagacha odam qatnashi mumkin. Ushbu yo‘nalish 26 dekabr soat 16:00 dan boshlab xizmat ko‘rsata boshladi.

Toshkent shahrida Yangihayot tumani tashkil etilmoqda
8 sentabr 2020, 12:51

Toshkent shahrida Yangihayot tumani tashkil etilmoqda

Qonunchilik palatasi Toshkent tarkibida Yangihayot tumanini tashkil etish hamda Toshkentning Sergeli, Bektemir tumanlari va Toshkent viloyatining Zangiota, Quyichirchiq, Yangiyo‘l va O‘rtachirchiq tumanlari chegaralarini o‘zgartirish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Yangihayot tumani tarkibiga 2131,2 gektar o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Qaror Oliy Majlis Senatiga yuborildi.

Toshkent chegaralarini o‘zgartirish rejasi qayta ko‘rib chiqiladi
13 avgust 2020, 20:15

Toshkent chegaralarini o‘zgartirish rejasi qayta ko‘rib chiqiladi

Toshkent shahri va Toshkent viloyati hududini o‘zgartirish to‘g‘risidagi loyihani qayta ko‘rib chiqish rejalashtirilmoqda. Uchtepa va Sergeli tumanlari hamda Ulug‘bek shaharchasi aholisi ushbu rejalardan norozi bo‘lgan edi.

Sergelida umumxalq xayriya hashari mablag‘lari talon-taroj qilindi
7 iyul 2020, 18:18

Sergelida umumxalq xayriya hashari mablag‘lari talon-taroj qilindi

“Mahalla” jamg‘armasining Sergeli bo‘limi mansabdor shaxslari umumxalq xayriya hashari hisobidan kelib tushgan 95,8 mln so‘mni talon-taroj qilgani aniqlandi. Ularga qarshi jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Sergelidagi metro ko‘prigidan tushgan beton bo‘lagi Afrosiyob oynasiga zarar yetkazdi
25 iyun 2020, 15:57

Sergelidagi metro ko‘prigidan tushgan beton bo‘lagi Afrosiyob oynasiga zarar yetkazdi

Sergelida qurilayotgan metro ko‘prigidan tushgan beton bo‘lagi Afrosiyob oynasiga zarar yetkazdi. Maxsus nasos orqali quyilgan beton qotmagani sababli uning bir bo‘lagi poyezd ustiga tushgan.

Toshkentning Yangihayot kichik tumani tarkibiga qaysi mahallalarning kirishi ma’lum bo‘ldi
22 iyun 2020, 17:20

Toshkentning Yangihayot kichik tumani tarkibiga qaysi mahallalarning kirishi ma’lum bo‘ldi

Toshkentning Sergeli tumani hududida tashkil etilayotgan Yangihayot tumani tarkibiga 13 ta mahalla to‘liq, 6 ta mahalla qisman o‘tkazilishi mo‘ljallanmoqda. Sergeli hokimining bu haqdagi qarori loyihasi muhokama uchun e’lon qilindi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting