Ijtimoiy tarmoqlarda bir yigit kafeda notanish qariyaning oldiga kelib, uni masxara qila boshlagani aks etgan video tarqaldi.

Videoda stolda keksa kishi choy ichayotgan bo‘ladi. Bir yigit unga juda yaqin kelib, yuziga qaraydi. Qariya undan uzoqlashishni so‘raydi, ular orasida qandaydir suhbat bo‘ladi. Keyin yigit mushtlarini siqadi, ehtimol mushtlashishni taklif qiladi va erkakka tegadi. Keksa odam so‘kishni boshlaydi va qo‘lini olib tashlaydi, shundan so‘ng yigit uzoqlashadi va kuladi.

Samarqand viloyati ichki ishlar boshqarmasi yosh yigit o‘z qilmishi sabablarini tushuntirib, kechirim so‘ragani aks etgan videoni e’lon qildi.

Yigitning aytishicha, voqea 11 mart kuni sodir bo‘lgan. U do‘stlari bilan «har kuni kafega ishga keladigan» erkak bilan hazillashishga qaror qilgan. Ular jarayonni videoga olishadi va uni TikTok ijtimoiy tarmog‘iga joylashtirdi. Yigit keksa kishidan uzr so‘raganlarini va bunday holat boshqa takrorlanmasligini ma’lum qildi.

Shuningdek, IIB xabariga ko‘ra, yigitga nisbatan ma’muriy bayonnoma tuzilib, u bilan ota-onasi ishtirokida profilaktik suhbat o‘tkazilgan.