25-may kuni Samarqand viloyati Paxtachi tumanidagi Zarafshon daryosiga cho‘milish uchun borgan 3 nafar bola cho‘kib ketdi. Bosh prokuratura matbuot kotibining xabariga ko‘ra, FVB hamda IIB xodimlari 1 nafar bolaning murdasini qidirib topgan.

Qolgan 2 nafar bolani topish ishlari olib borilmoqda. Hozirda marhumning o‘limi bo‘yicha sud-tibbiyot ekspertizasi tayinlangan. Tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom etmoqda.

Bosh prkokuratura cho‘milish ruxsat etilmagan, taqiqlangan, oqim tezligi yuqori bo‘lgan, chuqur, o‘ziga notanish bo‘lgan suv havzalarida cho‘milmaslik haqida ogohlantirdi.