17-may kuni soat 03:00 atrofida Samarqand viloyati Toyloq tumanida yashovchi erkak 2 farzandini o‘ldirdi, deya xabar bermoqda “Gazeta.uz”ga Bosh prokuratura matbuot xizmati.

Ta’kidlanishicha, 39 yoshli erkak Rossiyaga ishlash uchun ketgan turmush o‘rtog‘ining begona shaxslar bilan ishqiy munosabatda bo‘lgani aks etgan videolarni ko‘rib, u bilan telefon orqali janjallashgan. So‘ngra undan qasd olish maqsadida uyda uxlab yotgan 2 nafar voyaga yetmagan — 6 va 8 yoshli o‘g‘illarini sim bilan bo‘g‘ib o‘ldirgan.

Erkakning o‘zi qotillik sodir etganini tuman IIBga borib, ma’lum qilgan. Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (Qasddan odam o‘ldirish) 2-qismi “a,v” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Gumonlanuvchi protsessual tartibida ushlangan, deyiladi xabarda.