25-may kuni Samarqand viloyati Paxtachi tumanida 3 nafar bola Zarafshon daryosiga cho‘kib ketgani va ulardan birining jasadi topilgani xabar qilingandi. Bosh prokuratura matbuot xizmati cho‘kkan ikki nafar voyaga yetmagan bolaning ham jasadi topilgani haqida xabar berdi.

Marhumlarning o‘limi bo‘yicha sud-tibbiyot ekspertizasi tayinlangan. Tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, cho‘milish ruxsat etilmagan, taqiqlangan, oqim tezligi yuqori bo‘lgan, chuqur, o‘ziga notanish bo‘lgan suv havzalarida cho‘milmaslik tavsiya etiladi.