Mahalla raislariga noqonuniy topshiriq bergan Pastdarg‘om tuman kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi boshlig‘i ishdan olindi, deya xabar qilmoqda O‘zA.

Qayd etilishicha, ijtimoiy tarmoqlarda Pastdarg‘om tumani Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi boshlig‘i Tohir Qosimov “Mening loyiham”ga ovoz berishda mahalla raislariga bosim o‘tkazgani haqida xabarlar tarqalgan.

“менинг loyiham”, самарқанд

Foto: O‘zA

Samarqand viloyat hokimligida bugun o‘tkazilgan yig‘ilishda Tohir Qosimov ishdan olingani aytildi.

Ta’kidlanishicha, yig‘ilishda barcha rahbarlar qat’iy ogohlantirilib, prezidentning 2023-yil 10-apreldagi qarori mazmun-mohiyati yana bir bora tushuntirilgan.