O‘zbekistonda davlat tashrifi bilan bo‘lib turgan Singapur prezidenti Halima Yoqub payshanba kuni Samarqandga bordi.

Samarqand viloyati hokimligi matbuot xizmatining xabar berishicha, oliy martabali mehmon Afrisoyob tezyurar poyezdida qadimiy shaharga yetib keldi. Unga O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Zulayho Mahkamova hamrohlik qilmoqda.

сингапур, самарқанд, Halima Yoqub

Vokzalda Singapur prezidentini viloyat hokimi Erkinjon Turdimov kutib oldi.

Bir kun avval Halima Yoqub O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan muzokara o‘tkazgan va ikki davlat biznes-forumining ochilishida ishtirok etgandi.

сингапур, самарқанд, Halima Yoqub

Avval xabar berganimizdek, Singapur prezidenti Uzbekistan Airways milliy aviakompaniyasining muntazam reysi bilan Ostonadan Toshkentga uchib kelgandi.