Ramazon hayiti munosabati bilan Toshkentdan Xiva va Samarqandga qo‘shimcha poyezd qatnovlari yo‘lga qo‘yildi, deb xabar bermoqda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ matbuot xizmati.

Toshkent — Xiva — Toshkent yo‘nalishida qo‘shimcha 2 reysga qatnovlar quyidagi jadval asosida harakatlanadi.

20,22-aprel kunlari 156-sonli Toshkent — Xiva yo‘nalishi:

Toshkent 15:39 — Xiva 6:58

21,23-aprel kunlari 155-sonli Xiva — Toshkent yo‘nalishi:

Xiva 8:28 — Toshkent 00:30

Shuningdek, 21-aprel kunidan 24-aprel kunigacha 767/768-sonli Samarqand — Toshkent — Samarqand “Afrosiyob” elektropoyezdi yo‘nalishida qo‘shimcha 4 ta reys harakati yo‘lga qo‘yiladi.

Ushbu yo‘lovchi poyezddagi barcha chiptalar erkin savdoga chiqarilgan. Poyezd quyidagi jadval asosida harakatlanadi:

767-sonli Samarqand — Toshkent yo‘nalishi:

Samarqand 11:09 — Toshkent 13:19

768-sonli Toshkent — Samarqand yo‘nalishi:

Toshkent 13:40 — Samarqand 15:48

Qo‘shimcha ma’lumotni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temiryo‘l chiptaxonalari hamda ma’lumotlar byurosidan bilib olish mumkin.