Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanida parranda fabrikasida gaz portladi. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar qildi.

Qayd etilishicha, 30 mart kuni soat 10:40 larda Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanining «Melixo‘ja» MFYda joylashgan parranda fabrikasida xavo-gaz portlashi sodir bo‘lgan.

Hodisa oqibatida vafot etganlar yo‘q, 2 nafar fuqaro yengil tan jarohati olib, tuman tibbiyot birlashmasiga joylashtirilgan.

Telegramdan foydalanasizmi? Muhim yangiliklarni o‘tkazib yubormaslik uchun kanalimizga a’zo bo‘ling.

Voqea joyiga FVB, IIB, SSB, prokuratura hamda «Hududgazta’minoti» mas’ul hodimlari chiqishgan. Hozirda voqea sababi va zarar miqdori aniqlanmoqda. Mazkur holat yuzasidan dastlabki tergov oldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.