Qozog‘istonning sobiq prezidenti, elboshi Nursulton Nazarboyev Qozog‘istonni tark etmagan. Bu haqd uning matbuot kotibi Aydos Ukibay Twitter`dagi sahifasi orqali xabar berdi.

«Elboshi Qozog‘iston poytaxti Nur-Sultonda bo‘lib turibdi. Bila turib yolg‘on va chalg‘ituvchi ma’lumotlarni tarqatmaslikni iltimos qilamiz. Elboshi qator maslahat uchrashuvlari o‘tkazmoqda va Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqada», — deyiladi xabarda.

Bundan tashqari, Nursultan Nazarbayev Qozog‘istonga do‘st davlatlarning rahbarlari bilan telefon orqali muloqatlar o‘tkazgan.

«Elboshi hammani hozirgi qiyinchiliklarni yengib o‘tish va mamlakatizning yaxlitligini ta’minlash uchun Qozog‘iston prezidenti atrofida birlashishga chaqiradi», — deydi Aydos Ukibay.