AQShda yong‘in oqibatida 19 kishi halok bo‘ldi

9 yanvar kuni ertalab Nyu-Yorkdagi ko‘p qavatli uyda sodir bo‘lgan yong‘inda 19 kishi, jumladan to‘qqiz bola halok bo‘ldi. Bu haqda AP xabar berdi.

Omon qolganlar nafas olish uchun vahima ichida qorong‘i yo‘laklar va zinapoyalarga qochishgan. Evakuatsiya qilinganlarning yuzlari kuyik bilan qoplangan edi. O‘t o‘chiruvchilar har bir qavatda qurbonlar borligini aniqladilar, ularning ko‘pchiligi nafas ololmay halok bo‘lgan, dedi yong‘in bo‘yicha komissar Daniyel Nigro.

Qayd etilishicha, ushbu yong‘in shaharda oxirgi 30 yillikdagi eng kattasi bo‘lgan.


Yevropa mamlakatlari AQShning Rossiyaga qo‘llamoqchi bo‘lgan sanksiyalaridan xavotirda — Bloomberg

Yevropa Ittifoqining ayrim davlatlari Vashingtonning Rossiyaga qarshi ehtimoliy yangi sanksiyalaridan kelib chiqadigan iqtisodiy zarardan xavotir bildirdi, deb xabar bermoqda Bloomberg manbalarga tayanib.

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, AQShning G‘arbiy Yevropadagi barcha ittifoqchilari hamon Moskvaga nisbatan qattiq cheklovlar joriy etilishini ma’qullamaydi.

Qayd etilishicha, ayrim davlatlar nafaqat o‘z iqtisodlari uchun sezilarli oqibatlardan, balki Rossiyaning javob harakatlaridan ham cho‘chiydi. Ularning fikricha, sanksiyalar oqibatida Rossiya Yevropaga gaz yetkazib berishni to‘xtatishi mumkin.


Bangladeshda qochqinlar lageridagi yong‘in tufayli yuzlab uylar vayron bo‘ldi

Bangladesh janubi-sharqidagi roxinja qochqinlari lagerida yong‘in kelib chiqishi oqibatida yuzlab uylar vayron bo‘lgan. Qurbonlar haqida hozircha ma’lumot yo‘q — CNN.

Yong‘in milliondan ortiq rohinja qochqinlari istiqomat qiladigan chegara hududi — Koks-Bazardagi 16-lagerda sodir bo‘lgan. Qochiqinlarning aksariyati 2017 yilda Myanmada harbiylar bosimidan qochib kelgan.

Bangladesh hukumatining qochqinlar bo‘yicha mas’ul xodimi Muhammad Shamsud Douzaning aytishicha, favqulodda vaziyatlar xodimlari yong‘inni nazorat ostiga olgan. Yong‘in sabablari aniqlanmagan, deya qo‘shimcha qildi u.

«Hammasi yo‘q bo‘ldi. Ko‘pchilik uysiz qoldi», — deydi rohinjalik qochqin Abu Tohir.


Qozog‘istonning Jambil viloyati politsiya boshlig‘i va Milliy xavfsizlik qo‘mitasi polkovnigi vafot etdi

Qozog‘istonning Jambil viloyati politsiya boshqarmasi boshlig‘i Janat Sulaymonov vafot etdi, uning o‘limi sabablari aytilmadi, deb xabar berdi TASS

Kommersant’ nashrining yozishicha, IIB boshlig‘i Janat Suleymenov o‘z joniga qasd qilgan. «Hodisa sabablari o‘rganilmoqda», — dedi Taraz hokimligi (viloyat ma’muriy markazi) matbuot xizmati.

Shuningdek, Nur-Sultonda bugun, 10 yanvar kuni mamlakat Milliy xavfsizlik qo‘mitasi polkovnigi Azamat Ибраев o‘lik holda topildi. Jasad o‘z uyi hovlisidan topilgan. Tergovga qadar tekshiruv boshlandi, deya xabar bermoqda qo‘mita matbuot xizmati.

Qozog‘istondagi tartibsizliklar kamida 17 nafar xavfsizlik xodimi halok бўлди — RIA Novosti. Yaradorlar va qurbonlarning umumiy soni rasmiylar tomonidan aytilmagan. Shu vaqtga qadar 8 mingga yaqin odam hibsga olingan.