Indoneziyaning yangi poytaxti Nusantara deb nomlandi

Indoneziya prezidenti Joko Vidodo mamlakatning yangi poytaxtiga Nusantara nomini tanladi. Bu haqda 17 yanvar kuni Kommersant’ nashri xabar berdi.

Monoarfaning so‘zlariga ko‘ra, Indoneziya prezidenti 14 yanvar, juma kuni shunday qaror qabul qilgan. Nusantara qadimgi yava tilida «orol» yoki «arxipelag» degan ma’noni anglatadi va Indoneziyaning she’riy nomidir. Monoarfaning aytishicha, bunday nom butun dunyoda mashhur bo‘lgani va mamlakat ichida bahs-munozaralarga sabab bo‘lmasligi sababli tanlangan.


Shvetsiyada omikron shtammining yangi mutatsiyasi aniqlandi

Shvetsiyaning Uppsala shahridagi akademik laboratoriyada omikron-koronavirus shtammining mutatsiyasi aniqlandi, deb xabar berdi RIA Novosti.

«Uning oldingi versiya (koronavirus) bilan raqobatlasha olishini bilish uchun bizda ko‘proq materiallar bo‘lishi kerak», — dedi muassasa xodimi Mats Martinell.

Mutatsiya juma kuni hujjatlashtirilgan va u uch kishida topilgan. Omikronning yangi subvariantiga BA.2 deb nom berildi.


Abu-Dabida dron hujumi oqibatida uch kishi halok bo‘ldi

Birlashgan Arab Amirliklarida noma’lum shaxslar, ehtimol, dronlar yordamida hujum uyushtirdi, natijada uch kishi halok bo‘ldi, yana olti kishi jarohatlandi. Bu haqda Interfaks xabar berdi.

BAA politsiyasiga ko‘ra, hujum Abu-Dabidagi uchta neft tankeriga zarar yetkazgan. Bundan tashqari, hujum tufayli Abu-Dabidagi xalqaro aeroport hududidagi xonada yong‘in boshlangan. Politsiya hujumni tergov qilmoqda va hozircha u hujum ortida kim turgani haqidagi versiyalarni ilgari surmagan. Hujum oqibatida ikki Hindiston fuqarosi va bir Pokiston fuqarosi halok bo‘lgan. O‘z navbatida, yamanlik hutiy isyonchilar BAAga qarshi hujum uyushtirganliklarini aytishdi, biroq tafsilotlarni ma’lum qilishmadi.


Nursulton Nazarboyevning jiyani va kuyovlari o‘z lavozimlarini tark etishdi

Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyevning yaqinlari siyosat va iqtisoddagi o‘z lavozimlarini tark etmoqda. Dushanba kuni uning jiyani Samat Abish Milliy xavfsizlik qo‘mitasi rahbarining birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi. Birinchi prezidentning uch kuyovi ham rahbarlik lavozimlarini tark etdi.

Bundan tashqari, 17 yanvar kuni birinchi prezidentning qizi Dinara Kulibayevaning turmush o‘rtog‘i Timur Kulibayev «Atameken» milliy tadbirkorlar palatasi prezidiumi raisi lavozimidan iste’foga chiqishini ma’lum qildi.

15 yanvar kuni «Samruk-Kazina» jamoat fondi press-relizda aytilishicha, taqdim etilgan arizalarga ko‘ra, «KazTransGaz» milliy kompaniyasi boshqaruvi raisi Qayrat Sharipbayev va «KazTransOil» bosh direktori Dimash Do‘sanovning vakolatlari tugatildi.