«farg‘ona» tegli maqolalar


Farg‘ona viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari va bir qator tuman hokimlari ishdan olindi
27 iyul 2023, 21:31

Farg‘ona viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari va bir qator tuman hokimlari ishdan olindi

Ishlarni lozim darajada tashkil etmagani uchun Farg‘ona viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari, viloyat IIB va soliq boshqarmasi boshliqlari, Rishton tumani va Marg‘ilon shahar hokimlari ishdan olindi. Shuningdek, viloyat hokimi o‘rinbosarlari, Bag‘dod, Quva va Buvayda tumanlari hokimlariga hayfsan e’lon qilindi.

Farg‘onada 1213 tup daraxt kesib tashlangani aniqlandi
26 iyul 2023, 16:35

Farg‘onada 1213 tup daraxt kesib tashlangani aniqlandi

Bosh prokuratura tomonidan Farg‘ona viloyatida Katta Andijon kanali qirg‘og‘ida o‘sib turgan 1213 tup daraxt yanvar-fevral oylarida kesib tashlangani, buning oqibatida tabiatga 4,6 mlrd so‘m zarar yetkazilgani aniqlandi.

Farg‘onada IIO xodimlari kiyimida tarmoqqa video joylagan 21 yoshli qiz jarimaga tortildi
23 iyul 2023, 08:46

Farg‘onada IIO xodimlari kiyimida tarmoqqa video joylagan 21 yoshli qiz jarimaga tortildi

IIO xodimlari xizmat kiyimida videoga tushib, uni tarmoqlarga joylashtirgan 21 yoshli quvalik qizga nisbatan 660 ming so‘m miqdorida jarima jazosi qo‘llanildi. Unga mazkur kiyim-boshni bergan IIO xodimining xatti-harakatlari yuzasidan esa xizmat tekshiruvi tayinlandi.

Farg‘onada 11 yoshli qizning murdasi zo‘rlash alomatlari bilan topildi
22 iyul 2023, 12:06

Farg‘onada 11 yoshli qizning murdasi zo‘rlash alomatlari bilan topildi

Farg‘ona shahridagi qurilishi tugallanmagan bino yonidan 11 yoshli qizchaning murdasi zo‘rlash va qotillik alomatlari bilan topildi. 17 yoshli gumonlanayotgan shaxs qo‘lga olingan.

Farg‘onada to‘rt erkak bir ayolni do‘pposlab, zo‘rlagani aytilmoqda
16 iyul 2023, 16:17

Farg‘onada to‘rt erkak bir ayolni do‘pposlab, zo‘rlagani aytilmoqda

Beshariq tumanida to‘rt erkak oilali, ikki farzandi bor ayolni zo‘rlagani aytilgan video tarmoqlarda tarqaldi. Farg‘ona viloyati IIB holat to‘rt oy oldin sodir bo‘lganini ma’lum qildi. Gumonlanuvchilar ushlangan.

Farg‘ona viloyatidagi masjidda erkak tanishiga pichoq bilan hujum qildi
7 iyul 2023, 00:23

Farg‘ona viloyatidagi masjidda erkak tanishiga pichoq bilan hujum qildi

Farg‘ona viloyatining Dang‘ara tumanida erkak masjidda namoz oldidan tahorat olayotgan tanishini pichoqladi. Ma’lum bo‘lishicha, masjidga ketayotganda ular o‘rtasida mojaro kelib chiqqan. Hujum qilgan shaxs qo‘lga olinib, jinoiy ish ochilgan.

Farg‘onada fuqarolarni Hajga yuborish uchun 10 ming dollar olgan turistik firma xodimi ushlandi
9 iyun 2023, 11:06

Farg‘onada fuqarolarni Hajga yuborish uchun 10 ming dollar olgan turistik firma xodimi ushlandi

Farg‘ona shahridagi turistik firma xodimi rahbarining ko‘rsatmasi asosida fuqarodan Hajga yuborish evaziga 20 ming dollar talab qilib, shundan 10 ming dollar olgani aytilmoqda. Ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Farg‘onada YTH oqibatida Italiya fuqarosi halok bo‘ldi
7 iyun 2023, 15:50

Farg‘onada YTH oqibatida Italiya fuqarosi halok bo‘ldi

Oltiariq tumanida Nexia-2 haydovchisi velosiped boshqarib ketayotgan Italiya fuqarosini urib yubordi. U olgan jarohatlari tufayli shifoxonada vafot etdi.

Farg‘onada 14 gektar yerni $140 mingga sotmoqchi bo‘lgan Rossiya fuqarosi ushlandi
2 iyun 2023, 12:35

Farg‘onada 14 gektar yerni $140 mingga sotmoqchi bo‘lgan Rossiya fuqarosi ushlandi

Farg‘onada Rossiya fuqarosi 14 gektar bog‘dorchilik yerini hujjatlarsiz 140 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgani aytilmoqda. U bo‘nak sifatida 15 ming dollar olayotgan vaqtda qo‘lga olindi

Farg‘onada ayol 8 oylik qizini sotmoqchi bo‘ldi
17 aprel 2023, 10:46

Farg‘onada ayol 8 oylik qizini sotmoqchi bo‘ldi

Farg‘ona viloyatida 8 oylik qizini 10 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan ayol ushlandi. U bu pulga kvartira sotib olmoqchi bo‘lgan.

Toshkent va Farg‘onada tadbirkorlar 25 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi
2 aprel 2023, 12:29

Toshkent va Farg‘onada tadbirkorlar 25 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi

Toshkentdagi 4 ta gaz “zapravka” va Farg‘onadagi bitta ohak sexida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanishi oqibatida davlatga jami 25 mlrd so‘mlik zarar yetkazilgani aniqlandi.

Farg‘onada 17 yoshli qiz attraksiondan tushib ketib, jarohat oldi
30 mart 2023, 10:53

Farg‘onada 17 yoshli qiz attraksiondan tushib ketib, jarohat oldi

Rishton tumanida 17 yoshli qiz istirohat bog‘idagi attraksiondan ehtiyotsizlik sabab tushib ketib, tan jarohati oldi. «U Bag‘dod tumanidagi shifoxonada davolanmoqda, ahvoli yaxshilanyapti», deyiladi viloyat IIB xabarida. Holat bo‘yicha sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlandi, tergovga qadar tekshiruv ketmoqda.

Farg‘onada o‘quvchi qiz o‘zini 16 qavatli uy tomidan tashlamoqchi bo‘ldi
12 mart 2023, 17:59

Farg‘onada o‘quvchi qiz o‘zini 16 qavatli uy tomidan tashlamoqchi bo‘ldi

Farg‘onada 14 yoshli qiz o‘zini 16 qavatli uyning tomidan tashlamoqchi bo‘ldi. Uni IIB va FVV xodimlari tomdan sog‘-omon tushirib oldi. Voqeaga qizning o‘gay otasi bilan janjallashib qolgani sabab bo‘lgani aytilmoqda.

Farg‘onada 20 yoshli yigit onasini pichoqlab o‘ldirdi
7 mart 2023, 15:54

Farg‘onada 20 yoshli yigit onasini pichoqlab o‘ldirdi

Marg‘ilonda 20 yoshli yigit janjal sabab onasini pichoqlab o‘ldirdi. Unga nisbatan 12 yil qamoq jazosi tayinlandi.

Farg‘onada 2 kishi is gazidan zaharlanib vafot etdi
4 mart 2023, 17:40

Farg‘onada 2 kishi is gazidan zaharlanib vafot etdi

Farg‘ona shahrida 3 kishi is gazidan zaharlanib, ularning 2 nafari vafot etdi. Tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda.

O‘zDJTSU Farg‘ona filialida 356 abituriyentning ballari o‘zgartirilgani aniqlandi
28 fevral 2023, 19:04

O‘zDJTSU Farg‘ona filialida 356 abituriyentning ballari o‘zgartirilgani aniqlandi

O‘zDJTSU Farg‘ona filialida o‘tkazilgan kasbiy imtihonlarda 356 nafar abituriyent to‘plagan ballarga soxta yozuvlar kiritilib, ularning 322 nafariga ball qo‘shib berilgani, 34 nafarining ballari esa kamaytirilgani aniqlandi. Natijada yuqori ball to‘plagan 145 nafar abituriyent o‘qishga kira olmagan.

Foto: Farg‘onada yo‘lning qatnov qismi o‘pirilib tushdi
10 fevral 2023, 12:48

Foto: Farg‘onada yo‘lning qatnov qismi o‘pirilib tushdi

Beshariq tumanida yo‘lning qatnov qismi o‘pirilib, oqibatda Nexia haydovchisi jarohatlandi. Holat o‘rganilmoqda.

Farg‘onada 2023 yil oxirigacha 100 MVt quvvatga ega quyosh fotoelektr stansiyasi quriladi
5 fevral 2023, 12:13

Farg‘onada 2023 yil oxirigacha 100 MVt quvvatga ega quyosh fotoelektr stansiyasi quriladi

Farg‘ona viloyatining O‘zbekiston tumanida 98 mln dollar evaziga quvvati 100 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasi quriladi. Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov loyihani 2024 yil 2-choragida emas, balki 2023 yil oxirigacha yakunlash kerakligini aytib, buning uchun har tomonlama ko‘mak ko‘rsatilishini bildirdi.

Farg‘onada stansiya boshlig‘i tadbirkordan $1,5 ming talab qilgani aytilmoqda
30 yanvar 2023, 10:56

Farg‘onada stansiya boshlig‘i tadbirkordan $1,5 ming talab qilgani aytilmoqda

«Qo‘qon mintaqaviy temir yo‘l uzeli»ning «Andijon-1» stansiyasi boshlig‘i tadbirkordan ularga beriladigan imtiyozlardan foydalanishga yordamlashishini aytib, $1,5 ming olgan vaqtida ushlangan. Gumonlanuvchiga jinoyat ishi ochildi.

Farg‘onada homilador ayol mashina ichida o‘zini yoqib yubordi
25 yanvar 2023, 09:26

Farg‘onada homilador ayol mashina ichida o‘zini yoqib yubordi

Farg‘ona shahrida erini rashk qilgan homilador ayol mashina ichida o‘ziga benzin sepib, yoqib yubordi. Ayol hodisa joyida, chaqalog‘i esa shifoxonada vafot etgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting