Farg‘ona viloyati Beshariq tumanidagi yo‘lning qatnov qismi o‘pirilib tushdi. Holat yuzasidan viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi o‘rganish natijalarini ma’lum qildi.

Aniqlanishicha, 1 fevral kuni Yaypan-Rapqon-Beshariq-Chilmahram avtomobil yo‘lining 25-kilometrida yerosti sizot suvlarining yo‘l qoplamasi ostiga to‘plangan. Oqibatda o‘pirilish sodir bo‘lgan.

Holat shu kunning o‘zida kerakli kuch-vositalar yordamida bartaraf etilib, avtomobillar qatnovi tiklangan. Yo‘ldagi nosozlik tufayli sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida Nexia transport vositasi haydovchisi dastlabki ma’lumotga ko‘ra, yengil tan jarohati olgan, — deyiladi axborotda.

ер o‘pirilishи, бешариқ tumanи, фарғона

Hozirda holat yuzasidan tuman IIB tomonidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda.