«farg‘ona» tegli maqolalar


Farg‘onada YPX xodimi piyodalar yo‘lagini to‘sib qo‘ydi
22 yanvar 2023, 11:01

Farg‘onada YPX xodimi piyodalar yo‘lagini to‘sib qo‘ydi

Qo‘qon shahrida viloyat YPX otryadi komandir o‘rinbosari Tracker avtomashinasini piyodalar o‘tish joyida qoldirdi. Viloyat IIB buning uchun xodim 600 ming so‘m jarimaga tortilganini ma’lum qildi.

Farg‘onada ikki YTHda ikki kishi vafot etgan
18 yanvar 2023, 15:37

Farg‘onada ikki YTHda ikki kishi vafot etgan

Beshariq tumani va Farg‘ona shahrida yuz bergan YTHlarda ikki nafar fuqaro vafot etdi, bir kishi jarohatlandi.

Farg‘onada davlatga 2 mlrd so‘mdan ortiq zarar yetkazgan mayning fermalar aniqlandi
17 yanvar 2023, 10:59

Farg‘onada davlatga 2 mlrd so‘mdan ortiq zarar yetkazgan mayning fermalar aniqlandi

Farg‘ona viloyatining ikki hududida go‘yoki kompyuter texnikalari va muzlatkichlarni ta’mirlash sexlarini tashkil etib, amalda elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelayotgan mayneng fermalar aniqlandi. Ular davlatga jami 2 mlrd so‘mdan ortiq zarar yetkazgani ma’lum bo‘ldi.

Farg‘onada Nexia-2 va Damas to‘qnashuvi oqibatida haydovchilardan biri vafot etdi
8 yanvar 2023, 13:52

Farg‘onada Nexia-2 va Damas to‘qnashuvi oqibatida haydovchilardan biri vafot etdi

Farg‘ona tumanida Nexia-2 va Damas ishtirokida sodir bo‘lgan YTHda bir kishi vafot etdi. Holat yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

Farg‘onada Nexia piyodani urib ketdi
27 dekabr 2022, 09:43

Farg‘onada Nexia piyodani urib ketdi

Farg‘ona shahrida Nexia yo‘lni kesib o‘tayotgan piyodani urib yubordi. Hodisa oqibatida jabrlanuvchi vafot etdi.

Farg‘onada Cobalt haydovchisi harbiy xizmatchini urib, qochib ketdi
26 dekabr 2022, 17:21

Farg‘onada Cobalt haydovchisi harbiy xizmatchini urib, qochib ketdi

Tarmoqlarda Farg‘ona viloyatida Cobalt haydovchisi harbiy xizmatchini katta tezlikda urib, qochib ketgani aytilgan video tarqaldi. Viloyat prokuraturasi oddiy askar olgan tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgani va haydovchiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini ma’lum qildi.

Farg‘onada Lacetti urib yuborishi oqibatida 87 yoshli velosipedchi vafot etdi
26 dekabr 2022, 12:59

Farg‘onada Lacetti urib yuborishi oqibatida 87 yoshli velosipedchi vafot etdi

Dang‘ara tumanida Lacetti yo‘lni belgilanmagan joydan kesib o‘tayotgan velosipedchini urib yubordi. Jabrlanuvchi tuman markaziy shifoxonasida vafot etdi.

Samarqandda FVB rahbari, Farg‘onada bank boshqaruvchisi pora bilan ushlangani aytilmoqda
25 dekabr 2022, 11:31

Samarqandda FVB rahbari, Farg‘onada bank boshqaruvchisi pora bilan ushlangani aytilmoqda

DXX Samarqandda fuqarodan ishga kiritib qo‘yish uchun 1000 dollar olayotgan tuman FVB boshlig‘ini, Farg‘onada esa qarzdorlikni yopib berish uchun fuqarodan 3500 dollar olayotgan bank boshqaruvchisini qo‘lga oldi. Ushbu shaxsglarga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Farg‘onada Turkiya investitsiyasi hisobiga «Aqlli yo‘l» tizimi joriy etiladi
16 dekabr 2022, 09:36

Farg‘onada Turkiya investitsiyasi hisobiga «Aqlli yo‘l» tizimi joriy etiladi

Farg‘onada Turkiyaning 10 mln dollar investitsiyasi hisobiga «Aqlli yo‘l» tizimi joriy etiladi. Viloyat hokimligining qayd etishicha, tizim yo‘l-transport hodisalarining, jarohat olish va o‘lim holatlarini 90 foizgacha kamaytirish imkonini beradi. U inson omilisiz, quyosh energiyasi yordamida ishlashi aytilmoqda.

Farg‘onada 30 kg giyohvand moddalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi
30 noyabr 2022, 16:45

Farg‘onada 30 kg giyohvand moddalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi

DXX Farg‘ona viloyatida giyohvand moddalarining noqonuniy savdosi bilan shug‘ullangan shaxslarni aniqladi. Ulardan 30 kgdan ortiq taqiqlangan moddalar musodara qilindi.

Farg‘onada ayol kishi IIB binosi oldida o‘zini yoqib yubormoqchi bo‘ldi
27 noyabr 2022, 12:08

Farg‘onada ayol kishi IIB binosi oldida o‘zini yoqib yubormoqchi bo‘ldi

Tarmoqlarda Farg‘onada ayol kishi IIB binosi oldida o‘zini yoqib yubormoqchi bo‘lgani haqidagi xabar tarqaldi. Viloyat IIB ayolning qizi 4 nafar shaxsga jinsiy aloqa qilishga sharoit yaratib bergani va 2 nafar voyaga yetmagan qizni tutqunlikda saqlab, fohishalikka majburlab kelgani uchun ushlanganini ma’lum qildi.

Farg‘onada er-xotin is gazidan vafot etdi
25 noyabr 2022, 10:08

Farg‘onada er-xotin is gazidan vafot etdi

Farg‘ona viloyati Buvayda tumanida er-xotin is gazidan zaharlanib vafot etdi. Ular 3 kunlik yosh kelin-kuyov bo‘lgani va er o‘zi yasagan pechkalardan birini uyga o‘rnatgani aytilmoqda. Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari boshlandi.

Farg‘onada Mercedes bilan to‘qnashgan Nexia haydovchisi vafot etdi
4 noyabr 2022, 10:43

Farg‘onada Mercedes bilan to‘qnashgan Nexia haydovchisi vafot etdi

Beshariq tumanida Nexia va Mercedes ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Oqibatda haydovchilardan biri halok bo‘ldi.

Farg‘onada Lacetti va Matiz to‘qnashuvi oqibatida 2 kishi vafot etdi
19 oktabr 2022, 12:18

Farg‘onada Lacetti va Matiz to‘qnashuvi oqibatida 2 kishi vafot etdi

Farg‘ona viloyatida Lacetti qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketib, Matiz bilan to‘qnashdi. Oqibatda Matiz haydovchisi va yo‘lovchisi vafot etdi, 3 kishi jarohatlandi.

UzAirways Farg‘ona — Dubay yo‘nalishi bo‘yicha parvozlarni yo‘lga qo‘ymoqda
12 oktabr 2022, 18:53

UzAirways Farg‘ona — Dubay yo‘nalishi bo‘yicha parvozlarni yo‘lga qo‘ymoqda

UzAirways Farg‘ona va Dubay o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ymoqda. Shuningdek, aviakompaniya Toshkentdan Sharjaga reyslarni ko‘paytirmoqda.

Farg‘onada Gentra haydovchisi prokuratura binosi oldida «shou» ko‘rsatdi
2 oktabr 2022, 16:20

Farg‘onada Gentra haydovchisi prokuratura binosi oldida «shou» ko‘rsatdi

Farg‘ona viloyati Buvayda tumanida Gentra haydovchisi prokuratura binosi oldida yo‘l harakati qoidalarini ko‘pol ravishda buzib, qarama-qarshi tomonda harakatlandi. Unga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, mashina jarima maydoniga joylashtirildi.

Farg‘onada fuqaroni bo‘g‘ib, kaltaklagan IIO xodimlari sud tomonidan oqlandi
28 sentabr 2022, 17:36

Farg‘onada fuqaroni bo‘g‘ib, kaltaklagan IIO xodimlari sud tomonidan oqlandi

Tarmoqlarda Farg‘onadagi IIO xodimlari bir fuqaroni bo‘g‘ib, kaltaklagani tasvirlangan video tarqaldi. IIV holat bir yil avval sodir bo‘lganini ma’lum qildi. Voqea yuzasidan jinoyat ishi viloyat sudi tomonidan ko‘rilib, xodimlar harakatlarida jinoyat alomatlari yo‘q deb topilgan va oqlov hukmi chiqarilgan.

Farg‘onada yil yakuniga qadar elektromobillar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi
26 sentabr 2022, 10:06

Farg‘onada yil yakuniga qadar elektromobillar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi

Farg‘onada joriy yil yakunigacha elektromobillar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi. Korxona yiliga 10 ming elektromobil ishlab chiqaradi va 40 foizini eksportga yo‘naltiradi. Qolaversa, qator ehtiyot qismlari mahalliylashtiriladi.

Farg‘ona vodiysida uyali aloqa operatorlarining internet va aloqalarida muammolar kuzatildi
25 sentabr 2022, 21:36

Farg‘ona vodiysida uyali aloqa operatorlarining internet va aloqalarida muammolar kuzatildi

Andijon, Farg‘ona va Namangan viloyatlarida ikkita uyali aloqa operatorining internet va aloqalarida muammolar yuzaga keldi. Mobiuz va Ucell kompaniyalari uzilishlarni magistralda sodir bo‘lgan avariya bilan izohladi.

Farg‘onada viloyat bayram tadbirlarida fonogrammada qo‘shiq aytish taqiqlandi
14 sentabr 2022, 11:37

Farg‘onada viloyat bayram tadbirlarida fonogrammada qo‘shiq aytish taqiqlandi

Farg‘onada viloyat bayram tadbirlarida fonogrammada qo‘shiq aytish taqiqlandi. Endi ijrochilar sahnada cholg‘uchilar bilan birga jonli ijroda kuylaydi. Shuningdek, viloyatda o‘tkaziladigan barcha tadbirlarda sahnaga chiqadigan qo‘shiqchilar ochiq tanlov asosida tanlab olinadi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting