Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahrida «Qo‘qon mintaqaviy temir yo‘l uzeli» UKning «Andijon-1» stansiyasi boshlig‘i tadbirkordan 1 500 AQSh dollari talab qilgani aytilmoqda. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXX o‘tkazgan tezkor tadbirda ma’lum bo‘ldi, deya xabar bermoqda departament matbuot xizmati.

Aniqlanishicha, stansiya boshlig‘i boshqa bir korxonaning ish yurituvchisidan aholiga arzon narxlarda ko‘mir yetkazib berishda temir yo‘l xarajatlari uchun imtiyoz berilganligidan foydalanib, go‘yoki imtiyozlardan foydalanishda ko‘maklashishini aytgan. Buning evaziga 1 500 AQSh dollari olagn vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) va 28, 211-moddasi (Pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.