«farg‘ona» tegli maqolalar


Surxondaryoda fuqaro Tojikistondan O‘zbekistonga 5,5 kg «opiy»ni olib o‘tgani aytilmoqda
23 fevral 2022, 17:33

Surxondaryoda fuqaro Tojikistondan O‘zbekistonga 5,5 kg «opiy»ni olib o‘tgani aytilmoqda

DXX Surxondaryo, Qashqadaryo, Farg‘ona va Namangan viloyatlarida 6,4 kg giyohvandlik vositalari, shuningdek, 2160 flakonda «Tropikamid» dorisi aylanmasini to‘xtatib qoldi. Surxondaryodagi holatda fuqaro Tojikistondan O‘zbekistonga 5,5 kg «opiy» moddasini chegarani noqonuniy kesib, olib o‘tganida ushlangani aytilmoqda. Holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi.

S7 Airlines aviakompaniyasi Yekaterinburgdan Farg‘onaga reyslarni yo‘lga qo‘ymoqda
17 fevral 2022, 12:03

S7 Airlines aviakompaniyasi Yekaterinburgdan Farg‘onaga reyslarni yo‘lga qo‘ymoqda

Rossiyaning S7 Airlines aviakompaniyasi Yekaterinburg shahridan Farg‘onaga reyslarni yo‘lga qo‘ymoqda. Ta’kidlanishicha, parvozlar haftada bir marta — chorshanbadan payshanbaga o‘tar kechasi amalga oshiriladi. Parvoz vaqti 3 soatni tashkil etishi aytilmoqda.

Farg‘onada “Eko shahar” hamda “Yangi O‘zbekiston” bog‘i quriladi — Shavkat Mirziyoyev
28 sentabr 2021, 16:07

Farg‘onada “Eko shahar” hamda “Yangi O‘zbekiston” bog‘i quriladi — Shavkat Mirziyoyev

O‘zLiDePdan prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona shahrida 300 gektar maydonda 40 ming aholiga mo‘ljallangan zamonaviy “Eko shahar” barpo etishni taklif qildi. Shaharchada 25 qavatgacha bo‘lgan uylar, ijtimoiy infratuzilma obyektlari, 70 gektar maydonda “Yangi O‘zbekiston” bog‘i bunyod qilinadi.

Farg‘onada ikki guruh ishtirokidagi janjal joyidan pichoq va qilichlar topildi
15 sentabr 2021, 17:44

Farg‘onada ikki guruh ishtirokidagi janjal joyidan pichoq va qilichlar topildi

Farg‘onada yigirmaga yaqin yigitlar ishtirokidagi janjal organ xodimlari tomonidan to‘xtatildi. Voqea joyidan pichoqlar, qilichlar va giyohvandlik vositalari topilgan. 8 nafar shaxs protsessual tartibda ushlanib, 9 nafar shaxslar 15 sutka ma’muriy qamoq jazosiga tortildi.

Farg‘onada yirik quyosh elektr stansiyasi qurilishi rejalashtirilmoqda
3 iyun 2021, 11:55

Farg‘onada yirik quyosh elektr stansiyasi qurilishi rejalashtirilmoqda

Xitoyning Liaoning Lide kompaniyasi Farg‘ona viloyati hududida tahminiy qiymati $700 mln ga yetadigan, quvvati 1200 MVtgacha bo‘lgan yirik quyosh elektr stansiyasini barpo etishni rejalashtirmoqda.

Farg‘onada Malibu urib yuborgan velosipedchi vafot etdi
17 may 2021, 12:13

Farg‘onada Malibu urib yuborgan velosipedchi vafot etdi

Farg‘ona viloyatida Malibu avtomashinasi yo‘lning qatnov qismiga chiqib ketgan velosipedchini urib yubordi. Jabrlanuvchi tan jarohati olib, shifoxonada vafot etdi.

Farg‘onada avariyada ikki oiladan olti kishi vafot etdi
11 may 2021, 13:44

Farg‘onada avariyada ikki oiladan olti kishi vafot etdi

Farg‘ona viloyatining Yozyovon tumanida YTH natijasida ikki oiladan olti kishi vafot etgan. Yana 4 kishi jonlantirish bo‘limiga yotqizildi.

Farg‘onada 9 yoshli qizaloq YTH oqibatida vafot etdi
4 may 2021, 16:26

Farg‘onada 9 yoshli qizaloq YTH oqibatida vafot etdi

Farg‘ona viloyatida Damas avtomashinasi yo‘lni kesib o‘tayotgan 9 yoshli piyodani urib yuborgan. Qizaloq tan jarohatidan shifoxonada vafot etgan.

Farg‘onada Nexia-2 va elektroskuter to‘qnashishi oqibatida voyaga yetmagan yo‘lovchi vafot etdi
3 may 2021, 17:07

Farg‘onada Nexia-2 va elektroskuter to‘qnashishi oqibatida voyaga yetmagan yo‘lovchi vafot etdi

Buvayda tumanida Nexia-2 va elektroskuter to‘qnashishi oqibatida voyaga yetmagan yo‘lovchi vafot etdi.

Rosselxoznadzor Farg‘ona viloyatidan Rossiyaga olib kirilayotgan o‘simlik mahsulotlariga bo‘lgan vaqtinchalik cheklovni olib tashladi
9 aprel 2021, 11:41

Rosselxoznadzor Farg‘ona viloyatidan Rossiyaga olib kirilayotgan o‘simlik mahsulotlariga bo‘lgan vaqtinchalik cheklovni olib tashladi

7 apreldan boshlab Farg‘ona viloyatidan Rossiya Federatsiyasi hududiga pomidor va qalampirdan tashqari barcha o‘simlik mahsulotlarini olib kirishga ruxsat berildi.

Farg‘onadagi ko‘p qavatli uylar hovlilarida qurilish ishlari to‘xtiladi
15 fevral 2021, 10:48

Farg‘onadagi ko‘p qavatli uylar hovlilarida qurilish ishlari to‘xtiladi

Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov ko‘p qavatli uylarning hovlisida binolar qurish bo‘yicha barcha qarorlarni bekor qilishni va buzilgan bolalar maydonchalarini tiklashni buyurdi. Quruvchilarga boshqa hududlar taklif etilishi ko‘zda tutilmoqda.

Mirzohid Ubaydullayev Farg‘ona hokimi etib tayinlandi
9 fevral 2021, 21:09

Mirzohid Ubaydullayev Farg‘ona hokimi etib tayinlandi

Farg‘ona viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari sifatida ishlagan Mirzohid Ubaydullayev Farg‘ona shahar hokimi bo‘ldi. Shaharning avvalgi hokimi prezident tanqididan so‘ng ishdan bo‘shatilgan edi.

Farg‘ona shahri rahbariyati ishdan olindi
6 fevral 2021, 13:00

Farg‘ona shahri rahbariyati ishdan olindi

Farg‘ona shahar hokimi, prokurori, ichki ishlar boshqarmasi va soliq inspeksiyasi rahbarlari prezidentning shahar mahallalaridan biriga rejasiz tashrifidan so‘ng o‘z vazifalaridan ozod etildi.

Farg‘onada niqob taqmagan shaxslar kamera orqali aniqlanadi
15 oktabr 2020, 17:00

Farg‘onada niqob taqmagan shaxslar kamera orqali aniqlanadi

Farg‘ona viloyatida 17 oktyabrdan niqob taqmagan shaxslar kamera orqali aniqlanadi. Ushbu shaxslarga nisbatan bayonnoma tuzilib, jarima pochta orqali jo‘natiladi.

Farg‘ona va So‘x o‘rtasida aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi
12 avgust 2020, 17:53

Farg‘ona va So‘x o‘rtasida aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi

Bosh vazir Abdulla Aripov So‘x tumanida samolyot va vertolyotlar uchun uchish-qo‘nish maydonchasi tashkil etilishini ma’lum qildi. Farg‘ona-So‘x yo‘nalishidagi aviaqatnovlarga «Humo AIR» aviakompaniyasining An-2 samolyoti hamda «Uzbekistan Helicopters» MCHJga qarashli MI-8 vertolyotlarini jalb qilish ko‘zda tutilmoqda.

Farg‘onada stikersiz taksi haydovchisi o‘zini osmoqchi bo‘ldi
23 iyul 2020, 11:49

Farg‘onada stikersiz taksi haydovchisi o‘zini osmoqchi bo‘ldi

Farg‘onada stikersiz taksi haydovchisi jarima maydonchasida daraxtga o‘zini osmoqchi bo‘ldi. Milliy gvardiya xodimlari uni to‘xtatib qoldi.

Farg‘ona Botkenga koronavirus testlari va tibbiy uskunalar taqdim etdi
7 iyul 2020, 17:55

Farg‘ona Botkenga koronavirus testlari va tibbiy uskunalar taqdim etdi

Farg‘ona viloyati Qirg‘izistonning Botken viloyatiga koronavirus testlari va tibbiy asbob-uskunalarni o‘z ichiga olgan gumanitar yordam yubordi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting