Buxoro viloyatida fuqarolarga qalbaki aviachiptalarni rasmiylashtirgan korxona rahbari va uning sherigi qo‘lga olindi. Yanvar-fevral oylarida ular soxta chiptalarni Buxoro-Domodedovo reysi bo‘yicha 27 nafar fuqaroga sotishgan.
Shofirkon tuman hokimligi «Vardonze qo‘rg‘oni» arxeologiya yodgorligining 124 gektar maydonini 76 gektargacha qisqartirib, qolgan qismini fermer xo‘jaligiga yaylov uchun berib yuborgani aniqlandi. Fermer esa uni ekin maydoniga aylantirib yuborgan. Buning oqibatida qadimgi tarixiy topilmalar yo‘qotilgan va davlatga 26,7 mlrd so‘mlik zarar yetkazilgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
11-fevral kuni Buxoro viloyati Qorako‘l tumanidagi mahalladan oqib o‘tuvchi kanaldan ayol kishining jasadi topildi. Holat yuzasidan tuman prokuraturasi tergovga qadar tekshirish ishlarini olib bormoqda.
Buxoro viloyati sudining sudyasi Sh. Ne’matov sudyalik qasamyodini buzgani uchun lavozimidan ozod etildi. Xorazm va Navoiy viloyatidagi sud raislari esa intizomiy javobgarlikka tortildi.
Buxoro viloyatida XVI-XX asrlarda bunyod etilgan Chor-Bakr yodgorlik majmuasining muhofaza tegralaridagi yer uchastkalari ijara va mulk huquqi asosida auksionga qo‘yilgani aniqlandi. Ushbu majmua YUNESKOning Umumjahon merosi obyektlari ro‘yxatiga kiritish uchun nomzod sifatida ko‘rsatilgan.
Buxoroning «Moxon» qishlog‘idagi stadionda futbol o‘ynagan «Tobagar» va «Chandir» qishloqlari fuqarolari o‘zaro mushtlashib ketgan. Bunga nima sabab bo‘lgani aytilmagan. Hozirda tezkor surishtiruv va tergovga qadar tekshiruv ketmoqda.
Peshko‘lik fuqaro uy olish maqsadida mart oyida qurilish korxonasi quruvchisiga 150 mln so‘m pul bergan. Quruvchi uyni rasmiylashtirib bermagani uchun fuqaro pulini qaytarishni so‘ragan. Pulini ololmagan erkak o‘zini-o‘zi yoqib yuborgan, natijada tanasining yarmi kuygan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
G‘ijduvon tumanida giyohvandlik moddasi sotganlikda gumon qilinib, ichki ishlar boshqarmasiga olib borilgan fuqaro sog‘ligi yomonlashib, vafot etdi. Bosh prokuratura matbuot xizmatining «Gazeta.uz» ga ma’lum qilishicha, «murdada tan jarohati yoki uning izlari aniqlanmagan». Tibbiy ekspertiza o‘limga o‘tkir yurak qon tomir yetishmovchiligi sabab bo‘lganini aytmoqda.
Buxoro viloyatida yangi 270 MVt quvvatga ega gaz porshenli IESning birinchi energiya bloki ishga tushirildi. IES Turkiyaning Aksa Enerji kompaniyasi tomonidan DXSH asosida qurilgan.
Buxoro viloyati Xalq ta’lim boshqarmasining «Yoshlik» sport jamiyatiga o‘quvchi va o‘qituvchilarni a’zolikka qabul qilish to‘g‘risidagi buyrug‘i qabul qilinib, natijada ulardan 1,2 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ undirish ko‘zda tutilgan. Prokuraturaning aralashuvidan so‘ng, buyruq bekor qilindi.
Energetika vazirligi uchta quyosh fotoelektr stansiyasini qurish bo‘yicha tenderning ilk bosqichida 15 ta xalqaro kompaniyadan ariza kelib tushganini ma’lum qildi. Loyiha Namangan, Buxoro va Xorazm viloyatlarida umumiy quvvati 500 MVtgacha bo‘lgan stansiyalarni qurishni nazarda tutadi.
Buxoroda 10 oy ichida aholiga davlat xizmatlarini ko‘rsatish sohasida 9 mingdan ortiq qonun buzilish holatlari aniqlandi. Xizmat muddatini buzgan, ortiqcha hujjat talab qilgan va murojaatni asossiz rad etgan 197 nafar mansabdor jarimaga, yana 8 nafari esa intizomiy javobgarlikka tortildi.
Buxoro viloyati Kogon tumani hududidan o‘tuvchi yo‘lda “Gaz-24” avtomashinasiga o‘rnatilgan gaz balloni yorilishi natijasida ikki nafar yo‘lovchi vafot etdi.
11 yillik qarovsizlikdan so‘ng Sadriddin Ayniy nomidagi Buxoro davlat musiqali drama va komediya teatrini ta’mirlashga 2022 yilda 64,5 mlrd so‘m ajratilishi ma’lum qilindi. Teatr jamoasi hozirda faoliyat yuritayotgan «Ko‘hna va boqiy Buxoro» majmuasidagi teatr binosi esa madaniyat saroyiga aylantiriladi.
Buxoro viloyati hokimining farmoyishiga binoan, fuqarolar murojaatlari bilan ishlashga e’tiborsiz bo‘lgan 5 ta tuman hokimiga «hayfsan» berildi. 2 ta tuman hokimi esa ish haqining 20 foiz miqdorida jarima to‘laydigan bo‘ldi. Buxoro shahri hokimi qattiq ogohlantirildi. Yana bir hokimga fuqarolarning murojaatlari bilan ishlashning holatini chuqur tahlil qilish topshirildi.
Buxoroda budjet tashkiloti qariyb 65 mlrd so‘m miqdoridagi xaridlarni tendersiz amalga oshirgani aniqlandi. Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi «Raqobat to‘g‘risida"gi qonunni buzganlik uchun ish ochdi.
Buxoroda 10 ming dollar evaziga vakolatli tanishlari yordamida uy-joy qurish uchun yer olib berishni va’da qilgan shaxs qo‘lga tushdi. Unga nisbatan Jinoyat kodeksining firibgarlik va pora berish moddalari bilan ish ochildi.
Chorshanba kuni Buxoro viloyatining Shofirkon tumanida 3 balli zilzila sezildi.
Ikkita kompaniya hamda «Asakabnk» bosh ofisi va filiali xodimlari 2 mln dollar miqdoridagi kredit mablag‘larini o‘zlashtirganlikda gumon qilinmoqda. Mazkur mablag‘lar Osiyo taraqqiyot bankidan jalb qilingan.
Buxoro viloyatining Buxoro tumanida hokimlik zaxirasida turgan 20 sotix bo‘sh yer maydonini 8000 AQSh dollariga sotmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting