«buxoro viloyati» tegli maqolalar


«Tannarxni yana pasaytirsa bo‘ladi» — prezident to‘qimachilik korxonasida bo‘ldi
22 yanvar 2021, 10:56

«Tannarxni yana pasaytirsa bo‘ladi» — prezident to‘qimachilik korxonasida bo‘ldi

Prezident Buxorodagi 65 mlnlik to‘qimachilik korxonasi faoliyati bilan tanishdi. Korxonaning Buxoro, Toshkent, Samarqand va Namangan shaharlarida savdo dokonlari bor, mamlakatda yana 50 tasini ochish ko‘zlangan. Xorijdagi O‘zbekiston elchixonalari yordamida chet elda ham savdo nuqtalarini ochish reja qilingan.

Yoshlar va oilaviy tadbirkorlik uchun Olot tumaniga 21 mlrd so‘m ajratiladi — prezident
21 yanvar 2021, 19:01

Yoshlar va oilaviy tadbirkorlik uchun Olot tumaniga 21 mlrd so‘m ajratiladi — prezident

Prezident Buxoro viloyatiga safari chog‘ida Olot tumaniga tashrif buyurib, yoshlar va oilaviy tadbirkorlik uchun 21 mlrd so‘m ajratilishini ma’lum qildi. Bundan tashqari, Olot-Toshkent temir yo‘l qatnovi qayta tiklanishi ta’kidlandi.

Buxoroda 263 mln so‘mlik texnikalarni o‘zlashtirgan shahar madaniyat bo‘limi sobiq rahbariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
18 yanvar 2021, 16:03

Buxoroda 263 mln so‘mlik texnikalarni o‘zlashtirgan shahar madaniyat bo‘limi sobiq rahbariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Buxoro viloyatida shahar madaniyat bo‘limi sobiq rahbari bo‘limga tegishli 24 dona «LED» ekranlarini belgilangan talablarga zid ravishda hisobdan chiqarganliklari aniqlandi. Umumiy hisobda 263,5 mln so‘mlik davlat mulki talon-toroj qilinganligi ma’lum bo‘lgan.

Buxoroda obodonlashtirish xodimi ustiga yuk mashinasi ag‘darildi
11 yanvar 2021, 11:47

Buxoroda obodonlashtirish xodimi ustiga yuk mashinasi ag‘darildi

Buxoro shahrida asfalt mahsuloti yuklangan yuk mashinasi erkak ustiga ag‘darilib ketib, bosib qolgan. Mahalliy aholining ma’lum qilishiga ko‘ra, hodisa mazkur hududda qazish ishlari olib borilib, yo‘lning yuzasi faqat qo‘milgani va mo‘rt bo‘lib qolgani sababli yuzaga kelgan.

Buxoroda yo‘lovchi poyezdi ayol kishini urib yubordi
28 dekabr 2020, 17:13

Buxoroda yo‘lovchi poyezdi ayol kishini urib yubordi

Buxoro viloyatida yo‘lovchi poyezdi ayol kishini urib yubordi. U Kogon shahrida hamshira bo‘lib ishlagan. Baxtsiz hodisa oqibatida uning ikki nafar voyaga yetmagan farzandi yetim qoldi.

Buxoro viloyatiga yangi hokim tayinlandi
9 noyabr 2020, 12:59

Buxoro viloyatiga yangi hokim tayinlandi

«O‘zqurilishmateriallari» uyushmasi raisi lavozimida faoliyat olib borgan Botir Zaripov Buxoro viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

Buxoroda UzAuto Motors mashinalarini olib ketayotgan avtotransport vositasi YTHga uchradi
28 oktabr 2020, 01:20

Buxoroda UzAuto Motors mashinalarini olib ketayotgan avtotransport vositasi YTHga uchradi

Buxoro viloyatida KAMAZ beshta Cobalt va uchta Nexia olib ketayotgan MAN avtoulov tirkamasi bilan to‘qnashdi. Hodisada faqat avtomobillarga zarar yetgan. Yetkazilgan zararni baholashdan so‘ng, avtomobillar zavodga utilizatsiya uchun qaytariladi.

USAID Buxoro viloyatidagi Yomonjar kanalini tiklashga ko‘maklashdi
10 sentabr 2020, 16:20

USAID Buxoro viloyatidagi Yomonjar kanalini tiklashga ko‘maklashdi

AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) Buxoro viloyatidagi Yomonjar kanalini qayta tiklash ishlarini moliyalashtirdi. 1978 yilda qazilgan kanalda gidropostlar qurilib, o‘zani betonlashtirildi.

Farhod Umarov Buxoro hokimi vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlandi
28 avgust 2020, 11:38

Farhod Umarov Buxoro hokimi vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlandi

Prezident farmoniga ko‘ra, Buxoro viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘alchilikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat olib borayotgan Farhod Umarov viloyat hokimi vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlandi.

Buxoroda «Moskvich» ariqqa qulab tushishi oqibatida ikki kishi vafot etdi
11 avgust 2020, 19:43

Buxoroda «Moskvich» ariqqa qulab tushishi oqibatida ikki kishi vafot etdi

Buxoro viloyatining G‘ijduvon tumanida «Moskvich» yo‘ldan chiqib ketib, ariqqa quladi. Avtomobilning ikki yo‘lovchisi olamdan o‘tdi.

Buxoro viloyatida 50 ta kislorod konsentratlari sotib olindi. Ularning narxlari qancha?
23 iyul 2020, 23:03

Buxoro viloyatida 50 ta kislorod konsentratlari sotib olindi. Ularning narxlari qancha?

Buxoro viloyati hokimligi sog‘liqni saqlash boshqarmasi uchun 12 million so‘mga 50 ta kislorod konsentratorlari sotib olinganligini e’lon qildi. Ijtimoiy tarmoqlarda Alibaba saytida qurilmalarni uch baravar arzonroq sotib olish mumkinligini payqashdi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting