2-aprel kuni soat 23:05 da Buxoro viloyatida zilzila sodir bo‘ldi, deb xabar bermoqda Seysmoprognostik monitoring respublika markazi.

Yer silkinishi epitsentri — Jondor tumani. Zilzila koordinatalari: 40,34 gradus shimoliy kenglik; 63,18 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=3,3. Chuqurlik — 10 km. Zilzila epimarkazi Toshkentdan 518 km janubi-g‘arbda joylashgan.

Viloyat FVB xabariga ko‘ra, yer silkinishi oqibatida hududda joylashgan o‘ta muhim va toifalangan obyektlar, aholi punktlari talafot ko‘rgani to‘g‘risida ma’lumot kelib tushmagan. Bundan tashqari, Buxoro viloyatining tegishli tashkilot va xizmatlari hamda shahar va tuman hokimliklarining navbatchilari bilan axborot almashinuvi olib borilib, vaziyat barqarorligi to‘g‘risida ma’lumot olingan.