Shavkat Mirziyoyev 31-may kuni Buxoro viloyatiga tashrifi chog‘ida Buxoroni 2045-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi bilan tanishdi.

buхоро, buхоро viloyati, buхорони 2045-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi, жалол арашов, шавкат мирзиёев, yangi o‘zбекистон

“O‘zbekiston 24” telekanalining lavhasiga ko‘ra, konsepsiya taqdimoti (televideniye ma’lumotlariga ko‘ra, bosh reja) qurilish vaziri Botir Zokirov tomonidan taqdim qilingan.

Konsepsiyada shaharning barcha tizimlarini muvofiqlashtirilgan holda shakllantirish, markazni mikrorayonlar bilan bog‘lash, funksional hududlarda xizmat ko‘rsatish obyektlarini qulay joylashtirish, piyodalar va velosiped yo‘laklarini, shuningdek, transport yo‘nalishlarini qulay tarzda shakllantirish, mavjud hududlarni yangi shakllantirilayotgan hududlar bilan bog‘lashda aholi uchun kam harajatli yo‘llarni topish, shu ikkala hududlarni bir xil rivojlantirish, orasidagi tavofutni qisqartirish kabi jihatlarga e’tibor qaratilgan.

Buxoro viloyati hokimi o‘rinbosari Jalol Arashovning aytishicha, Buxoro tumani hududi hisobidan Buxoro shahrining maydonini (14,3 ming gektar) yana 3831 gektarga kengaytirish bo‘yicha alohida bosh reja ishlab chiqilgan.

Konsepsiyada sayyohlik markazidan yangi aeroportga qadar uzunligi 15 km bo‘lgan alohida yo‘l qurilishi va shu yo‘lda temiryo‘l vokzali ham bo‘lishi ko‘zda kutilmoqda.

Shuningdek, 44 gektar maydonda “Yangi O‘zbekiston” massivi quriladi, bu yerda 7 mingdan ortiq xonadonli 111 ta ko‘p qavatli uy qurilishi rejalashtirilmoqda. Bundan tashqari, 30 gektar maydonda “Yangi O‘zbekiston” bog‘i barpo etilishi reja qilingan.

buхоро, buхоро viloyati, buхорони 2045-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi, жалол арашов, шавкат мирзиёев, yangi o‘zбекистон

Turkiyalik Turaman Sinanning aytishicha, prezident loyihani ma’qullagan. U ikkita asosiy bo‘lim — mahalliy va xorijiy sayyohlar uchun hamda barcha sayyohlar uchun sport markazidan iborat. obyektda “avvalgilaridan farqli o‘laroq, juda ham baland bo‘lmagan” stela bo‘ladi.

Bog‘da o‘tmishda yo‘q bo‘lib ketgan, ammo hozirda qayta tiklangan barcha tarixiy obidalarning maketlari bo‘lgan “kichik O‘zbekiston” bo‘ladi. “O‘zbekistonning o‘tmishi va kelajagi haqida hikoya qiluvchi” raqamli markaz yaratish, u yerda 360 darajali proyeksiya ekranlari (“raqamli panorama”) bo‘lishi belgilangan.

Shuningdek, bog‘ ichida uzumzorlar, sabzavot va mevalar sotiladigan joy, ko‘l, savdo-maishiy xizmat ko‘rsatish va boshqa obyektlar barpo etilishi kutilmoqda.

Prezident Buxoro shahridagi “Yangi O‘zbekiston” massivi va istirohat bog‘i qurilishi loyihasining g‘oyaviy mazmuni va texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqish bo‘yicha topshiriq berdi.

Davlat rahbari 31-may kuni Buxoro viloyati Qorako‘l tumanidagi “Yangi O‘zbekiston” massivida ham bo‘ldi. Birinchi bosqichda 12 ta ko‘p qavatli uy, maktab, bolalar bog‘chasi, poliklinikalar foydalanishga topshirildi.

Loyiha ikki bosqichdan iborat bo‘lib, 1380 xonadonli 71 ta ko‘p qavatli uy, ta’lim va tibbiyot muassasalari, mahalla markazi va xizmat ko‘rsatish obyektlarini qurishni o‘z ichiga oladi.