Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripovga ikki yangi o‘rinbosar tayinlandi, deya xabar bermoqda hokimlik matbuot xizmati.

Arashov Jalol Samandarovich hokimning qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

bухоро viloyati, ҳоким o‘rinbosarлари
Foto: AOKA

U 1988-yil 6-oktabrda Qorako‘l tumanida tug‘ilgan. 2009-yilda Toshkent arxitektura va qurilish institutini tugatgan. Arashov ayni vaqtga qadar Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari vazifasida ishlab kelgan.

Shaxriyorov Botirjon Zavqiddinovich hokimning turizm, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

U 1971-yilda G‘ijduvon tumanida tug‘ilgan. 1994-yili Toshkent davlat texnika universitetini, 1998-yili Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti magistraturasini, 2004-yili O‘zbekiston milliy universitetini tamomlagan.

bухоро viloyati, ҳоким o‘rinbosarлари
Foto: Buxoro viloyati hokimligi

Shaxriyorov Davlat soliq qo‘mitasi jismoniy shaxslar daromadlariga soliq solish boshqarmasi boshlig‘i (2009−2011), Davlat mulki qo‘mitasi huzuridagi Davlat aktivlarini boshqarish markazi bosh direktori v.b. (2011−2014), “Toshkent” respublika fond birjasi aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi (2014−2015), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Davlat mehnat huquq inspeksiyasi boshlig‘i (2015−2017) lavozimlarida faoliyat yuritgan.

U 2022-yilning aprel oyida sobiq turizm va madaniy meros vazirining ommaviy tadbirlar va madaniy meros masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan va 2023-yilning yanvarida ushbu lavozimdan ozod qilingan.