31 yanvar kuni Buxoro viloyati sudida 1−2 iyul kunlari Nukusda sodir bo‘lgan voqealarida ayblanayotgan 22 nafar sudlanuvchiga nisbatan jinoyat ishini ko‘rib chiqish yakunlari bo‘yicha sud hukmi e’lon qilinishi kutilmoqda. «Gazeta.uz» muxbirlari sud zalidan jarayonni onlayn yoritmoqda, shunga ko‘ra mazkur material tez-tez yangilab boriladi.

buхоро viloyati, нукус voqealari bo‘yicha sud

9:00. Sudlanuvchilar maxsus qo‘riqlov ostida Buxoro viloyati sudiga olib kelindi. Muxbirimiz xabar berishicha, bu vaqtda sud joylashgan ko‘chada transport harakati vaqtincha cheklandi.

9:25. Gumondorlarning yaqinlari sud binosiga kiritila boshlandi.

9:45. Sudlanuvchilar zalga kirib keldi.

buхоро viloyati, нукус voqealari bo‘yicha sud

10:00 Sudya Yelubay Abibullayev Nukus voqealari bo‘yicha gumondorlarga nisbatan sud hukmi o‘qib eshittirmoqda.

buхоро viloyati, нукус voqealari bo‘yicha sud

10:15 Sudya hukmni o‘qishda davom etmoqda. Tez orada har bir sudlanuvchi bo‘yicha hukm matni e’lon qilinadi.

10:19 Sud Azamat Nuratdinovni oqladi va sud zalidan ozodlikka chiqardi.

buхоро viloyati, нукус voqealari bo‘yicha sud

Azamat Nuratdinov.

buхоро viloyati, нукус voqealari bo‘yicha sud

Axmet Smetullayev ham oqlandi va ozodlikka chiqarildi.

buхоро viloyati, нукус voqealari bo‘yicha sud

Jurnalist Lolagul Kallixanova ham sud zalida ozodlikka chiqarildi.

U JKning 159-moddasi 4-qismi, 244-moddasi 3-qismi va 244−1-moddasi 3-qismi «a», «b», «g» bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, JKning 57-moddasi qo‘llanilib, JKning 59-moddasi tartibida 8 yil ozodlikdan maxrum qilish jazosiga sudlanib, JKning 62-moddasiga asosan dastlabki qamoqda o‘tirgan 6 oy 24 kuni tayinlangan jazodan chegirilib, o‘tash uchun 7 yil 5 oy 6 kun ozodlikdan mahrum qilish jazosi qoldirilib, JKning 72-moddasi qo‘llanildi. Jazo 3 yil sinov muddati bilan shartli deb belgilanib, sud zalida qamoqdan ozod qilindi.

buхоро viloyati, нукус voqealari bo‘yicha sud

Berdaq Genjebayev (1996 yil) Jinoyat kodeksining 164-moddasi 2-qismi «b» bandi (bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib talon-toroj qilish) va 227-moddasi 2-qismi «a» bandi (pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-karta, harbiy bilet yoki boshqa muhim shaxsiy hujjatlarga nisbatan yoxud o‘ta muhim ahamiyatga ega bo‘lgan hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalarni egallash, nobud qilish, ularga shikast yetkazish yoki ularni yashirish) bilan aybdor deb topildi. Sud uni 5 yilga ozodlikdan mahrum qildi. Prokuror avvalroq uni 3 yilga ozodlikdan mahrum qilishni so‘ragan edi. Izolyatorda o‘tagan jazo muddati chegirib tashlangani sababli, muddat 4 yil 10 oy 11 kunga qisqartirildi.

buхоро viloyati, нукус voqealari bo‘yicha sud

Sud Salamat Kalilayevga nisbatan (1976 yilda tug‘ilgan) Jinoyat kodeksining 244-moddasi 3-qismi (Qurol yoki qurol sifatida foydalaniladigan boshqa narsalarni ishlatib yoxud ishlatish bilan qo‘rqitib shaxsga nisbatan zo‘rlik ishlatish, qirg‘in solish, o‘t qo‘yish, mulkka shikast yetkazish yoki uni nobud qilish, hokimiyat vakiliga qarshilik ko‘rsatish orqali sodir etilgan ommaviy tartibsizliklar tashkil qilish, shuningdek, ommaviy tartibsizliklarda faol qatnashish) bilan 3 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinladi.

Nurlan Sultamuratov (1998 yilda tug‘ilgan) Jinoyat kodeksining 244-moddasi 3-qismi (Qurol yoki qurol sifatida foydalaniladigan boshqa narsalarni ishlatib yoxud ishlatish bilan qo‘rqitib shaxsga nisbatan zo‘rlik ishlatish, qirg‘in solish, o‘t qo‘yish, mulkka shikast yetkazish yoki uni nobud qilish, hokimiyat vakiliga qarshilik ko‘rsatish orqali sodir etilgan ommaviy tartibsizliklar tashkil qilish, shuningdek, ommaviy tartibsizliklarda faol qatnashish) bilan aybdor deb topildi. Sud uni 3 yilga ozodlikdan mahrum qildi. Prokuror unga nisbatan 5 yilga ozodlikdan mahrum qilishni so‘ragandi.

buхоро viloyati, нукус voqealari bo‘yicha sud

Po‘lat Nurniyazov (1986 yilda tug‘ilgan) Jinoyat kodeksining 244-moddasi 3-qismi (Qurol yoki qurol sifatida foydalaniladigan boshqa narsalarni ishlatib yoxud ishlatish bilan qo‘rqitib shaxsga nisbatan zo‘rlik ishlatish, qirg‘in solish, o‘t qo‘yish, mulkka shikast yetkazish yoki uni nobud qilish, hokimiyat vakiliga qarshilik ko‘rsatish orqali sodir etilgan ommaviy tartibsizliklar tashkil qilish, shuningdek, ommaviy tartibsizliklarda faol qatnashish) bilan 4 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. Ayblovda unga 6 yil qamoq jazosi so‘ralgandi.

buхоро viloyati, нукус voqealari bo‘yicha sud

Dauletmurat Tajimuratov JKning 159-moddasi 4-qismi, 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) 3-qismi «a» bandi, 243-moddasi (jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish), 244-moddasi 3-qismi va 244−1-moddasi 3-qismi «a», «b», «g» bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, JKning 59-moddasi tartibida 16 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosiga sudlanib, jazoning dastlabki 2 yilini turmada, qolgan qismini qattiq tartibli koloniyada o‘tash belgilandi.

Shuningdek, sudlanganlar D. Tajimuratov, L. Kallыxanova, A. Turdanov, A. Smetullayev va D. Dжиемурaтовнинg aybidan JKning 28,104-moddasi 3-qismi «a» bandi, sudlanganlar R. Bekmuratov bilan S. Кaиповнинg aybidan JKning 104-moddasi 3-qismi «a» bandi (ushbu xarakatlar JKning 244-moddasi 3-qismi bilan qamrab olinganligi sababli), sudlangan A. Nuratdinovнинg aybidan JKning 244−1-moddasi 3-qismi «g» bandi (qo‘yilgan ayblov o‘z tasdig‘ini topmaganligi sababli) chiqarildi.

Bundan tashqari, sodir etilgan jinoyatlar oqibatida yetkazilgan 6,8 mlrd so‘mдaн ortiq zararning 256 mln so‘mи qoplanganligi inobatga olinib, qoplanmagan 6,5 mlrd so‘mдaн ziyod miqdordagi moddiy zararlarni sudlanganlardan solidar tartibda undirish, o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilingan 228 mln so‘m zararni sudlangan D. Tajimuratovdan undirish, sudlanganlarga tegishli bo‘lib jinoyat ishi doirasida xatlovga olingan mol-mulklarni keltirilgan zararni qoplashga qaratish belgilandi.

Mazkur hukmdan norozi taraflar Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi orqali Oliy sudning Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati apellyatsiya instansiyasiga protsessual qonunchilikda belgilangan tartib va muddatlarda shikoyatlar berishga, prokuror esa protest bildirishga haqli ekanligi ma’lum qilinadi. Shuningdek, jinoyat ishini tergov qilish davomida yo‘l qo‘yilgan ayrim xato-kamchiliklarga nisbatan xususiy ajrim chiqarildi.