«avariya» tegli maqolalar


Toshkent metropolitenida ikkita tarkib to‘qnashdi
19 mart 2021, 00:20

Toshkent metropolitenida ikkita tarkib to‘qnashdi

Toshkent metrosining «Olmazor» yer osti metro bekatidan «Sirg‘ali» yo‘nalishi «Choshtepa» yer usti metro bekatiga harakatlanayotgan tarkib to‘xtab qolishi natijasida navbatdagi tarkib bilan to‘qnauv sodir bo‘ldi. Yo‘lovchilar evakuatsiya qilindi, hodisada jabrlangan va halok bo‘lganlar yo‘q.

Qashqadaryoda mashinasida o‘quvchini urib yuborgan IIB xodimiga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
17 fevral 2021, 22:49

Qashqadaryoda mashinasida o‘quvchini urib yuborgan IIB xodimiga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanida katta tezlikda piyodalar o‘tish yo‘lidan o‘tayotgan o‘quvchini urib yuborgan IIB xodimiga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Surxondaryoda Nexia turtib yuborgan velosipedchi og‘ir jarohatdan vafot etdi
25 yanvar 2021, 16:55

Surxondaryoda Nexia turtib yuborgan velosipedchi og‘ir jarohatdan vafot etdi

Surxondaryo viloyatining Jarqo‘rg‘on tumanida 25 yoshli haydovchi Nexia avtomobilida 20 yoshli velosipedchini turtib yubordi. Og‘ir tan jarohati olgan vilosipedchi shifoxonaning jonlantirish bo‘limida hayotdan ko‘z yumdi.

Andijondagi suv quvurida yuzaga kelgan avariya 20 dan ortiq mahallaning suv ta’minotini to‘xtatgan
11 yanvar 2021, 12:43

Andijondagi suv quvurida yuzaga kelgan avariya 20 dan ortiq mahallaning suv ta’minotini to‘xtatgan

Suv quvurlaridan birida yuzaga kelgan avariya Andijon shahri, Oltinko‘l va Andijon tumanining 20 dan ortiq mahallalarida suv ta’minoti vaqtincha to‘xtatgan. Aholining ichimlik suvi ta’minoti 12 yanvar kuni tiklanishi rejalashtirilmoqda.

8 yoshli haydovchi Lacetti bilan supermarket ichiga kirib bordi (video)
7 yanvar 2021, 20:52

8 yoshli haydovchi Lacetti bilan supermarket ichiga kirib bordi (video)

Toshkentda 8 yoshli haydovchi otasining qarovsiz qoldirgan Lacetti avtomobilini haydab, supermarket ichiga kirib bordi. Hodisada hech kim jarohatlanmadi.

Namanganda MAN va Nexia to‘qnashuvida olti kishi vafot etdi
16 dekabr 2020, 22:57

Namanganda MAN va Nexia to‘qnashuvida olti kishi vafot etdi

Namanganda MAN yuk avtomashinasi chorrahada Nexia bilan to‘qnashdi. Olti kishi vafot etdi, ulardan uch nafari voyaga yetmaganlar.

Andijondagi YTHda ikki kishi halok bo‘ldi, to‘rt kishi jarohatlandi
19 oktabr 2020, 22:54

Andijondagi YTHda ikki kishi halok bo‘ldi, to‘rt kishi jarohatlandi

Andijon viloyatining Baliqchi tumanida ikkita Nexia to‘qnashuvi natijasida ikki kishi olamdan o‘tdi, to‘rt kishi jarohatlandi.

Buloqboshida ayanchli YTH sodir bo‘ldi. Qurbonlar bor
28 sentabr 2020, 23:31

Buloqboshida ayanchli YTH sodir bo‘ldi. Qurbonlar bor

Andijon viloyatining Buloqboshi tumanida VOLVO yuk mashinasi yo‘l chetidagi uyga borib urildi va uy atrofida o‘ynab yurgan ikki bolani bosib ketdi. Haydovchi va bolalar shifoxonada vafot etdi.

Namanganda mashina urib yuborgan olti yoshli qiz vafot etdi
26 sentabr 2020, 13:51

Namanganda mashina urib yuborgan olti yoshli qiz vafot etdi

Namangan viloyatida Nexia haydovchisi olti yoshli qizni urib yubordi. U shifoxonada hayot bilan vidolashdi.

Uchko‘prikda haydovchilik guvohnomasi bo‘lmagan yigit rulda uxlab qolib, piyodani urib yubordi
15 sentabr 2020, 22:06

Uchko‘prikda haydovchilik guvohnomasi bo‘lmagan yigit rulda uxlab qolib, piyodani urib yubordi

Uchko‘prik tumanida haydovchilik guvohnomasi bo‘lmagan yigit boshqaruv vaqtida uxlab qolib, yo‘l chetida to‘xtab turgan piyodani urib yubordi. YTH natijasida 44 yoshli fuqaro shifoxonada vafot etdi.

Bir kunda sodir bo‘lgan beshta YTHda to‘qqiz kishi vafot etdi
14 sentabr 2020, 19:23

Bir kunda sodir bo‘lgan beshta YTHda to‘qqiz kishi vafot etdi

YHXBB 13 sentyabr kuni beshta yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgani haqida xabar berdi. Baxtsiz hodisalar natijasida to‘qqiz kishi halok bo‘ldi, uch kishi jarohatlandi.

8 oy davomida o‘lim bilan yakunlangan qariyb 1000 ta YTH sodir bo‘ldi
9 sentabr 2020, 11:30

8 oy davomida o‘lim bilan yakunlangan qariyb 1000 ta YTH sodir bo‘ldi

2020 yilning 8 oyi davomida respublika hududida 3596 ta YTH sodir etilib, ularning 991 tasi o‘lim bilan yakunlandi. 2605 kishi jarohatlandi.

Qamchiqdagi YTHda ikki kishi halok bo‘ldi
26 avgust 2020, 12:15

Qamchiqdagi YTHda ikki kishi halok bo‘ldi

Qamchiq dovonida Isuzu haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, temir to‘siq bilan to‘qnashuv sodir etdi. Kelib chiqqan yong‘inda ikki kishi hayotdan ko‘z yumdi.

Yunusobodda mast haydovchi urib yuborgan bola shifoxonada olamdan o‘tdi
25 avgust 2020, 14:15

Yunusobodda mast haydovchi urib yuborgan bola shifoxonada olamdan o‘tdi

Toshkentning Yunusobod tumanida mashina urib yuborgan ikki yoshli bola shifoxonada olamdan o‘tdi. Ayblanuvchi — mashinani mast holda boshqargan haydovchi — hodisa kuni qo‘lga olingan. Unga nisbatan ehtiyot chorasini sud belgilaydi.

Toshkent IIBBning sobiq xodimi mast holda mashina boshqarib, yosh bolani urib yubordi
24 avgust 2020, 20:10

Toshkent IIBBning sobiq xodimi mast holda mashina boshqarib, yosh bolani urib yubordi

Toshkent IIBBning sobiq xodimi mast holda mashina boshqarar ekan, piyodalar o‘tish yo‘lagidan o‘tayotgan bolani urib yubordi. Boshqarma uning voqeadan bir necha kun avval ishdan bo‘shatilganini ma’lum qildi.

Uchinchi qoidabuzarlik qonli yakun topdi — «ZIL» Cobalt bilan to‘qnashdi, 4 kishi o‘ldi
19 avgust 2020, 12:21

Uchinchi qoidabuzarlik qonli yakun topdi — «ZIL» Cobalt bilan to‘qnashdi, 4 kishi o‘ldi

Urgut tumanida 21 yoshli «ZIL» haydovchisining yil davomida uchinchi bor YHQ buzishi qonli avariyaga sabab bo‘ldi. Xavfli burilishda qarama-qarshi yo‘ldan yurgan yuk mashinasi ro‘paradan chiqqan Cobalt bilan to‘qnashdi. Yengil mashinadagi 4 kishi qurbon bo‘ldi, yana 3 kishi jarohatlandi.

Urgutda mashina urib yuborgan bola halok bo‘ldi
19 avgust 2020, 11:24

Urgutda mashina urib yuborgan bola halok bo‘ldi

Samarqand viloyatining Urgut tumanida «Moskvich» haydovchisi yo‘lni velosipedda kesib o‘tayotgan besh yoshli bolani urib yubordi. Bola shifoxonada vafot etdi.

Toshkentda mast haydovchi boshqarayotgan mashina beton to‘siqqa urildi, yo‘lovchisi halok bo‘ldi
18 avgust 2020, 18:09

Toshkentda mast haydovchi boshqarayotgan mashina beton to‘siqqa urildi, yo‘lovchisi halok bo‘ldi

Toshkentning Mirobod tumanida mast haydovchi boshqarayotgan avtomobil beton to‘siqqa borib urildi. Yo‘lovchi voqea joyida hayotdan ko‘z yumdi.

Surxondaryoda mudhish avariya — olti kishi o‘ldi, olti kishi jarohatlandi
18 avgust 2020, 13:56

Surxondaryoda mudhish avariya — olti kishi o‘ldi, olti kishi jarohatlandi

Surxondaryoda quvib o‘tish qoidasini buzgan Cobalt haydovchisi olti kishining o‘limiga sababchi bo‘ldi. Ular orasida 2 oylik chaqaloq ham bor. Yana olti kishi, jumladan, o‘zi va 1 yashar go‘dak jarohatlandi.

Zominda Lada-Largus va Isuzu to‘qnashuvi natijasida ikki yo‘lovchi ayol vafot etdi
10 avgust 2020, 21:35

Zominda Lada-Largus va Isuzu to‘qnashuvi natijasida ikki yo‘lovchi ayol vafot etdi

Zominda o‘zidan oldindagi mashinani quvib o‘tmoqchi bo‘lgan Lada-Largus haydovchisi Isuzu yuk mashinasi bilan to‘qnashuv sodir etdi. Natijada yengil avtomobilning ikki yo‘lovchisi olamdan o‘tdi, to‘rt kishi, jumladan, ikki bola jarohatlandi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting