24 sentyabr kuni soat 11:30 larda «Kosonsoy-Namangan» yo‘lining 1-kilometrida Nexia avtomashinasini boshqarib ketayotgan haydovchi harakat xavfsizligini ta’minlay olmay, yo‘lni kesib o‘tayotgan piyoda 6 yoshli qizaloqni urib yuborgan, deya xabar qildi IIV matbuot xizmati Namangan viloyat IIB YHXB ma’lumotiga tayangan holda.

Natijada, piyoda D.A. tan jarohati olib, shifoxonada vafot etgan.

Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridgi TB tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish odam o‘lishiga sabab bo‘lsa) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.