Namanganda MAN va Nexia to‘qnashuvi natijasida olti kishi hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda IIV YHXBB matbuot xizmati xabar qildi.

Hodisa 16 dekabr kuni soat 16:30larda Namangan shahrining Islom Karimov va Istiqlol ko‘chalari chorrahasida sodir bo‘ldi. Haydovchi, 1974 yilda tug‘ilgan A.A. MAN rusumli yuk avtomashinasida harakatlanayotib, chorrahadan o‘tayotgan haydovchi, 1978 yilda tug‘ilgan N.M. boshqaruvidagi Nexia yengil avtomobili bilan to‘qnashgan.

To‘qnashuv natijasida «Neksiya» rusumli avtomobildagi er-xotin va ularning 2 nafar voyaga yetmagan farzandi xamda yo‘lovchilar 34 yoshli ayol va uning farzandi hodisa joyida yonib ketib, vafot etishgan.

Mazkur YTH yuzasidan Namangan viloyati IIB TB tomonidan Jinoyat Kodeksining 266-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.