17 avgust kuni soat 16:00 larda Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumani «G‘ur-G‘ur» mahallasi hududida mudhish yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda IIV YHXBB matbuot xizmati xabar qildi.

M-41 «Termiz-Jarqo‘rg‘on» avtomobil yo‘lining 1591-kilometrida haydovchi 1990 y.t. U.A. Cobalt avtomobilida quvib o‘tish qoidalarini buzib, boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida qarshisidan kelayotgan S.N. (1993 y.t.) boshqaruvidagi Spark to‘qnashuv sodir etgan.


YTH natijasida, Spark haydovchisi, ushbu avtomobil yo‘lovchisi 30 yoshli M.T. hamda Cobalt yo‘lovchilari 31 yoshli S.Sh. va 2 oylik M.A. voqea joyida vafot etishgan. Shuningdek, Spark yo‘lovchisi 26 yoshli G. X. va Cobalt yo‘lovchisi 5 yashar M.A. og‘ir tan jarohatlari olib shifoxonada vafot etishgan.


Spark rusumli avtomobil yo‘lovchilari 30 yoshli N.X., 23 yoshli A.E., Cobalt haydovchisi U.A. va ushbu avtomobil yo‘lovchilari 1 yoshli A.U., 23 yoshli M.R. hamda R.I. tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur YTH yuzasidan Jarqo‘rg‘on tumani IIB huzuridagi TB tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi «a» bandi (odamlar o‘limiga olib kelgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.