7 yanvar kuni 8 yoshli bola Lacetti avtomobilida Toshkent shahar, Mirzo Ulug‘bek tumani, Gyote-5 ko‘chasidagi (Qorasuv 6-mavzesi) Makro supermarketi ichiga kirib ketdi (video), deya xabar bermoqda IIV YHXBB.

Uning otasi 1983 yilda tug‘ilgan J.Sh. 13:50 larda Makro yaqinida to‘xtab, o‘t oldirgich kalit va farzandini qarovsiz qoldirib, supermarketga kirgan.

Mashinada o‘tirgan bolakay esa o‘t oldirgich kalitni burab yuborgan va avtomobil harakatlanib ketgan. Natijada avtomobil supermarket oynasini sindirib, ichkariga kirib to‘xtagan.

Ushbu hodisa oqibatida jarohat olganlar yo‘qligi aytilmoqda.