Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumani Beshbuloq mahallasida 25 yoshli haydovchi boshqaruvidagi Nexia 20 yoshli velosipedchini urib yubordi. Bu haqda «Yangi davr» teleko‘rsatuvida xabar berildi.

YTH oqibatida velosipedchi turtib yuborilishdan og‘ir tan jarohati olib, Jarqo‘rg‘on tuman tibbiyot birlashmasining jonlantirish bo‘limida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Jarqo‘rg‘on tuman IIB Tergov bo‘linmasi tomonidan bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.