28 sentyabr kuni soat 17:20 larda, Andijon viloyati, Buloqboshi tumani Sanoat MFY «Gazstroy» ko‘chasida uch kishining o‘limiga sabab bo‘lgan YTH sodir bo‘ldi.

O‘zbekiston IIV YHXBB axborot xizmatining xabar qilishicha, haydovchi, 1992 yilda tug‘ilgan Sh. L. VOLVO rusumli yuk transport vositasida, «Andijon-Buloqboshi» yo‘nalishida harakatlanayotib, boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida yo‘lning qarama-qarshi tomoniga o‘tib ketib, yo‘l chetidagi yashash xonadoniga urilib, uyning atrofida o‘ynab yurgan, voyaga yetmagan Q.N. va B.A.larni urib yuborgan.

Natijada, 28 yoshli haydovchi Sh. L. voqea joyida, piyodalar Q.N. va B.A.lar shifoxonada vafot etishgan.

Mazkur holat yuzasidan Buloqboshi tumani IIB huzuridagi TB tomonidan dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.