Mirobod tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasida bir kishi hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda Toshkent IIBB matbuot xizmati xabar qildi.

Avariya 17 avgust kuni tungi 2:50 larda Kichik halqa yo‘lida sodir bo‘ldi. 36 yoshli Spark haydovchisi Akromjon M. avtomobilni mast holatda boshqarib, ajratib turuvchi beton to‘sig‘iga borib urilgan.

YTH natijasida haydovchi tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizildi, avtomobil yo‘lovchisi — 32 yoshli Farruh S. — olgan tan jarohatlari sababli voqea joyida vafot etdi.

O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish odam o‘limiga olib kelsa) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.