15 sentyabr kuni soat 06:30 larda Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumani «Jalayer» MFY hududidan o‘tgan A-373B avtomobil yo‘lining 35-kilometrida piyoda va «Vaz-21063» avtomobili ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.

IIV YHXBB axborot xizmatining xabar qilishicha, 1997 yilda tug‘ilgan S. Sh. ning haydovchilik guvohnomasi bo‘lmagan va avtomobilni tegishli hujjatlarsiz boshqargan. Buning ustiga, u avtomobilni boshqarib ketayotib uxlab qolgan va yo‘l chetida turgan piyoda, 1976 yilda tug‘ilgan D. Sh. ni urib yuborgan.

Natijada, piyoda, 44 yoshli D.Sh. og‘ir tan jarohatlari olib shifoxonada vafot etgan.

Mazkur YTH yuzasidan Uchko‘prik tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan tergovoldi surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.