19 iyun kuni O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni o‘rtasida U23 Osiyo kubogining final uchrashuvi o‘tkazilishi munosabati bilan Chilonzor tumanining «Milliy» stadioni atrofidagi ko‘chalarda avtotransport vositalari harakati soat 12:00 dan soat 00:00 gacha vaqtincha cheklanadi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabar berdi.

Avtotransport harakati cheklanadigan ko‘chalar:

  • Muqimiy va Chilonzor ko‘chalari chorrahasidan, Chilonzor va KHAY ko‘chalari chorrahasigacha bo‘lgan qismi;
  • Muqimiy va Arnasoy ko‘chalari chorrahasidan, Cho‘ponota va Arnasoy ko‘chalari chorrahasigacha bo‘lgan qismi;
  • Bunyodkor ikkinchi darajali ko‘chasidan Cho‘ponota ko‘chasigacha bo‘lgan qismi.

Eslatib o‘tamiz, 15 iyun kuni O‘zbekiston hamda Yaponiya olimpiya jamoalari o‘rtasida Osiyo kubogi yarim final uchrashuvi arafasida muxlislardan o‘yin bo‘lib o‘tadigan «Milliy» (sobiq «Bunyodkor») stadioniga bormaslik so‘raldi. Buni Toshkent shahar IIBB stadion atrofidagi yo‘llar ta’mirlanishi bilan izohladi, biroq yo‘llar ta’mirlangani yo‘q.