Sport

Qoraqalpog‘istonlik qilichboz Zaynab Dayibekova Osiyo chempioni bo‘ldi
19 iyun 2023, 17:15

Qoraqalpog‘istonlik qilichboz Zaynab Dayibekova Osiyo chempioni bo‘ldi

Qilichbozlik bo‘yicha Osiyo chempionatida sablyachi Zaynab Dayibekova finalda uch karra jahon chempionati sovrindori bo‘lgan janubiy koreyalik sportchini yengib Osiyo chempionatida 1-o‘rinni egalladi.

Oksana Chusovitina Osiyo chempionatida kumush medaliga sazovor bo‘ldi
19 iyun 2023, 16:11

Oksana Chusovitina Osiyo chempionatida kumush medaliga sazovor bo‘ldi

O‘zbekistonlik gimnastikachi Oksana Chusovitina Singapurda sport gimnastikasi bo‘yicha o‘tkazilgan Osiyo chempionatida ikkinchi o‘rinni egalladi. Abdulaziz Mirvaliyev ham jamoa hisobiga yana bir kumush medalni qo‘shdi.

Ulug‘bek Rozuqulov O‘zbekiston gimnastika federatsiyasiga rais etib saylandi
17 iyun 2023, 21:17

Ulug‘bek Rozuqulov O‘zbekiston gimnastika federatsiyasiga rais etib saylandi

“O‘zavtosanoat” kompaniyasi rahbari Ulug‘bek Rozuqulov Gimnastika federatsiyasi raisi etib saylandi. Bungacha federatsiyani kompaniyaning avvalgi rahbari Shavkat Umurzoqov boshqarib kelgan.

O‘zbekistonlik 6 nafar dzyudochi ilk bor Olimpiya o‘yinlari reytingida peshqadam bo‘ldi
14 iyun 2023, 17:33

O‘zbekistonlik 6 nafar dzyudochi ilk bor Olimpiya o‘yinlari reytingida peshqadam bo‘ldi

O‘zbekistonning 16 dzyudochisi yangilangan Olimpiya reytingiga kiritildi. Ular orasida tarixda birinchi marta ayollar terma jamoasining olti nafar vakili ham bor.

Xivada Xalqaro etnosport festivali o‘tkaziladi
13 iyun 2023, 09:22

Xivada Xalqaro etnosport festivali o‘tkaziladi

Xorazm viloyatining Xiva shahrida 7−10-sentabr kunlari ilk Xalqaro etnosport festivali o‘tkaziladi. Unda sportchilar bellashuvi, milliy osh chempionati, san’ati ko‘rgazmalari, adabiyotlar namoyishlari bo‘lib o‘tadi.

Velosport bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi OCHda yana 5 ta medalni qo‘lga kiritdi
12 iyun 2023, 13:09

Velosport bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi OCHda yana 5 ta medalni qo‘lga kiritdi

Tailanddagi Osiyo chempionatida o‘zbekistonlik velosportchilar yakkalik va guruh bahslarida yana beshta medalni qo‘lga kiritdi.

“Manchester Siti” Yevropa Chempionlar ligasi g‘olibi bo‘ldi
11 iyun 2023, 05:46

“Manchester Siti” Yevropa Chempionlar ligasi g‘olibi bo‘ldi

“Manchester Siti” UEFA Chempionlar ligasi finalida “Inter”ni mag‘lub etib, o‘z tarixida ilk bor kubokni qo‘lga kiritdi. Xosep Gvardiola jamoasi, shuningdek, “trebl” qayd etdi.

Ulug‘bek Rashitov taekvondo bo‘yicha Gran-pri chempioni bo‘ldi
10 iyun 2023, 10:26

Ulug‘bek Rashitov taekvondo bo‘yicha Gran-pri chempioni bo‘ldi

Rimda o‘tayotgan taekvondo WT bo‘yicha Gran-pri musobaqasida Ulug‘bek Rashitov oltin medalni qo‘lga kiritdi. Shu tariqa 8 yillik tanaffusdan so‘ng o‘zbekistonlik taekvondochilar Gran-pri musobaqasida yana g‘olib bo‘ldi. Nikita Rafalovich esa kumush medalga ega chiqdi.

Umida Omonova tezkor shaxmat bo‘yicha JCHda oltin medalni qo‘lga kiritdi
9 iyun 2023, 12:22

Umida Omonova tezkor shaxmat bo‘yicha JCHda oltin medalni qo‘lga kiritdi

Gruziyada 18 yoshgacha bo‘lgan qizlar o‘rtasida tezkor shaxmat bo‘yicha o‘tkazilgan jahon chempionatida o‘zbekistonlik Umida Omonova g‘olib bo‘ldi.

Yengil atletika bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi OCHni O‘zbekiston 4-o‘rinda yakunladi
7 iyun 2023, 16:51

Yengil atletika bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi OCHni O‘zbekiston 4-o‘rinda yakunladi

Janubiy Koreyada bo‘lib o‘tgan yengil atletika bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatini O‘zbekiston terma jamoasi 4 ta oltin, 4 ta kumush va 1 ta bronza — jami 9 ta medal bilan yakunladi. Umumjamoa hisobida ular 4-o‘rinni egalladi.

O‘zbekistonlik velosportchilar Osiyo chempionatida dastlabki medallarni qo‘lga kiritdi
7 iyun 2023, 16:35

O‘zbekistonlik velosportchilar Osiyo chempionatida dastlabki medallarni qo‘lga kiritdi

Tailandda o‘tkazilayotgan Osiyo chempionatining birinchi kunida o‘zbekistonlik velosportchilar aralash jamoaviy estafetada bittadan kumush va bronza medalini qo‘lga kiritdi.

O‘zbekiston badiiy gimnastika bo‘yicha Osiyo chempionatini 18 ta medal bilan birinchi o‘rinda yakunladi
5 iyun 2023, 14:59

O‘zbekiston badiiy gimnastika bo‘yicha Osiyo chempionatini 18 ta medal bilan birinchi o‘rinda yakunladi

Filippinda o‘tkazilgan badiiy gimnastika bo‘yicha yoshlar va kattalar o‘rtasidagi Osiyo chempionatini O‘zbekiston 18 ta medal — 10 ta oltin, 7 ta kumush va 1 ta bronza bilan yakunladi. O‘zbekiston umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi.

Taekvondo WT bo‘yicha JCHni o‘zbekistonliklar 4 ta medal bilan yakunladi
5 iyun 2023, 09:46

Taekvondo WT bo‘yicha JCHni o‘zbekistonliklar 4 ta medal bilan yakunladi

Boku shahrida o‘tgan taekvondo WT bo‘yicha jahon chempionatida o‘zbekistonlik sportchilar 4 ta medal: 1 ta kumush va 3 ta bronza medaliga ega chiqdi. O‘tgan yilgi JCHda ham ular 4 ta medal olgandi.

Professional futbol klublarini ijtimoiy soliqdan boshqa barcha soliqlardan vaqtincha ozod qilish rejalashtirilmoqda
2 iyun 2023, 18:41

Professional futbol klublarini ijtimoiy soliqdan boshqa barcha soliqlardan vaqtincha ozod qilish rejalashtirilmoqda

Senat Soliq kodeksiga professional futbol klublarini vaqtincha ijtimoiy soliqdan boshqa barcha soliqlardan ozod etadigan o‘zgartirishlar kiritilishini ma’qulladi. Shuningdek, klublarga chet ellik mutaxassis va futbolchilar daromadlaridan to‘lanadigan daromad solig‘i bo‘yicha ham imtiyoz berilishi mumkin.

Svetlana Osipova taekvondo WT bo‘yicha JCHda kumush medalni qo‘lga kiritdi
2 iyun 2023, 10:53

Svetlana Osipova taekvondo WT bo‘yicha JCHda kumush medalni qo‘lga kiritdi

Ozarbayjonda o‘tayotgan taekvondo WT bo‘yicha jahon chempionatida Svetlana Osipova finalgacha yetib borib, kumush medalni oldi. Avvalroq ushbu musobaqada Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlari chempioni Ulug‘bek Rashitov bronza medalini qo‘lga kiritgandi.

Nodirbek Abdusattorov Norway Chess`ning ikkinchi turida g‘olib bo‘ldi
1 iyun 2023, 15:13

Nodirbek Abdusattorov Norway Chess`ning ikkinchi turida g‘olib bo‘ldi

O‘zbekistonlik grossmeyster Nodirbek Abdusattorov shaxmat bo‘yicha Norvegiya turnirining ikkinchi turida Aryan Tarini mag‘lub etib, turnir jadvalida uchinchi o‘ringa ko‘tarildi.

“Sevilya” “Roma”ni mag‘lub etib, 7-marta Yevropa Ligasi g‘olibi bo‘ldi
1 iyun 2023, 10:07

“Sevilya” “Roma”ni mag‘lub etib, 7-marta Yevropa Ligasi g‘olibi bo‘ldi

Vengriya poytaxtida bo‘lib o‘tgan Yevropa Ligasi finalida “Sevilya” jamoasi penaltilar seriyasidagi ustunlik evaziga 7-marta ushbu kubokka ega chiqdi. Ispan klubi bu bilan Chempionlar Ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi (video, foto).

Futbol bo‘yicha U-20 JCH. O‘zbekiston Isroilga kichik hisobda yutqazib, turnirni tark etdi
31 may 2023, 09:31

Futbol bo‘yicha U-20 JCH. O‘zbekiston Isroilga kichik hisobda yutqazib, turnirni tark etdi

Argentinada o‘tayotgan futbol bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi JCH O‘zbekiston uchun nihoyasiga yetdi. Nimchorak finalda ular so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yuborib, Isroilga mag‘lub bo‘ldi.

Ulug‘bek Rashitov taekvondo bo‘yicha JCHda 3-o‘rinni oldi
30 may 2023, 10:38

Ulug‘bek Rashitov taekvondo bo‘yicha JCHda 3-o‘rinni oldi

Taekvondo bo‘yicha Tokio-2020 olimpiya chempioni Ulug‘bek Rashitov jahon chempionatida yarim finalgacha yetib borib, bronza medaliga ega chiqdi.

Nodirbek Abdusattorov Magnus Karlsen o‘ynaydigan Norway Chess turnirida ishtirok etadi
29 may 2023, 12:53

Nodirbek Abdusattorov Magnus Karlsen o‘ynaydigan Norway Chess turnirida ishtirok etadi

Grossmeyster Nodirbek Abdusattorov shaxmat bo‘yicha eng nufuzli turnirlardan biri — Norway Chess musobaqasida ishtirok etadi, unda Magnus Karlsen, Aliriza Firuzja va dunyoning boshqa kuchli shaxmatchilari qatnashadi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting