Sport

O‘zbekiston ayollar jamoasi futbol bo‘yicha Markaziy Osiyo chempionatida g‘alaba qozondi
21 iyul 2022, 09:20

O‘zbekiston ayollar jamoasi futbol bo‘yicha Markaziy Osiyo chempionatida g‘alaba qozondi

Tojikistonda bo‘lib o‘tgan futbol bo‘yicha ayollar o‘rtasidagi Markaziy Osiyo chempionatida o‘zbekistonlik futbolchilar ketma-ket ikkinchi bor musobaqa g‘olibiga aylandi. O‘zbekiston ayollar jamoasi hal qiluvchi bahsda Eron ayollar MTJsini 1:0 hisobida mag‘lub etdi — foto, video.

Osiyo o‘yinlari 2023-yilda o‘tkaziladi
20 iyul 2022, 10:48

Osiyo o‘yinlari 2023-yilda o‘tkaziladi

2022-yilda Xitoyning Xanchjou shahrida o‘tkazilishi kerak bo‘lgan yozgi Osiyo va Paraosiyo o‘yinlari yana bir yilga qoldirildi.

Og‘ir atletika bo‘yicha 2024 yilgi Osiyo chempionati Toshkentda bo‘lib o‘tadi
18 iyul 2022, 19:44

Og‘ir atletika bo‘yicha 2024 yilgi Osiyo chempionati Toshkentda bo‘lib o‘tadi

2024 yilda og‘ir atletika bo‘yicha Osiyo chempionatiga mezbonlik qilish uchun Toshkent tanlandi, bu O‘zbekistonga Parij Olimpiadasiga litsenziya ochkolarini taqdim etadi.

O‘zbekiston shaxmat tarixida ilk bor dunyo reytingida TOP-20 ga kirdi
17 iyul 2022, 17:40

O‘zbekiston shaxmat tarixida ilk bor dunyo reytingida TOP-20 ga kirdi

Jahon shaxmat reytingida o‘zbekiston ilk bor kuchli yigirmatalikka kirdi. Birinchi uchta o‘rinni AQSh, Rossiya, Xitoy egallab turibdi. Markaziy Osiyo davlatlaridan Qozog‘iston — 37, Qirg‘iziston — 76, Tojikiston — 85, Turkmaniston — 116 — o‘rinda bormoqda.

Maksim Shatskix «Paxtakor» bosh murabbiyi bo‘ldi
16 iyul 2022, 11:01

Maksim Shatskix «Paxtakor» bosh murabbiyi bo‘ldi

«Paxtakor» futbol klubiga taniqli futbolchi Maksim Shatskix bosh murabbiy etib tayinlandi. Klub bilan tuzilgan shartnoma 3 yilga mo‘ljallangan.

O‘q otish bo‘yicha Jahon kubogining finalida o‘zbekistonliklar 3-o‘rinni egalladi
15 iyul 2022, 08:35

O‘q otish bo‘yicha Jahon kubogining finalida o‘zbekistonliklar 3-o‘rinni egalladi

Janubiy Koreyada o‘tkazilgan o‘q otish bo‘yicha Jahon kubogi finalida o‘zbekistonlik sportchilar 16 ochko bilan 3-o‘rinni egalladi. Musobaqada 1-o‘rin Italiya, 2-o‘rin esa Hindiston vakillarga nasib etdi.

O‘zbek atletlari Butunjahon o‘yinlarida ikkita medalni qo‘lga kiritdi
14 iyul 2022, 18:09

O‘zbek atletlari Butunjahon o‘yinlarida ikkita medalni qo‘lga kiritdi

AQShda bo‘lib o‘tayotgan Butunjahon o‘yinlarida o‘zbekistonlik sportchilar — Dostonbek Otabolayev karate bo‘yicha bronza, Darya Latisheva esa ushu bo‘yicha kumush medalni qo‘lga kiritdi.

«Humo» xokkey klubi Qozog‘iston chempionatida ishtirok etishni boshlaydi
13 iyul 2022, 18:14

«Humo» xokkey klubi Qozog‘iston chempionatida ishtirok etishni boshlaydi

Toshkentning «Humo» xokkey klubi ikki yillik tanaffusdan keyin yana Qozog‘iston Pro ligasida o‘ynashni boshlaydi. Jamoa koronavirus pandemiyasi tufayli musobaqalarda ishtirok etmayotgandi.

O‘zbekistonlik kurashchilar Osiyo chempionatida yana 2 ta medalni qo‘lga kiritdi
8 iyul 2022, 17:18

O‘zbekistonlik kurashchilar Osiyo chempionatida yana 2 ta medalni qo‘lga kiritdi

Bahraynda bo‘lib o‘tayotgan sport kurashlari bo‘yicha U20 Osiyo chempionatida O‘zbekiston polvonlari terma jamoa hisobiga yana ikkita bronza medalini qo‘shib qo‘yishdi.

O‘zbek polvonlari Osiyo chempionatida to‘rtta medalni qo‘lga kiritdi
6 iyul 2022, 17:09

O‘zbek polvonlari Osiyo chempionatida to‘rtta medalni qo‘lga kiritdi

Bahraynda bo‘lib o‘tayotgan sport kurashlari bo‘yicha U20 Osiyo chempionatining birinchi kunida o‘zbekistonlik polvonlar to‘rtta — bitta oltin, ikkita kumush va bitta bronza medalini qo‘lga kiritdi.

O‘zbekistonlik taekvondochi ilk bor jahon reytingi yetakchisiga aylandi
5 iyul 2022, 15:55

O‘zbekistonlik taekvondochi ilk bor jahon reytingi yetakchisiga aylandi

Charos Qayumova taekvondo sport turi bo‘yicha ayollar o‘rtasidagi jahon reytingida birinchi o‘rinni egallagan ilk o‘zbekistonlik sportchiga aylandi.

Shomurodov Konferensiyalar ligasida eng tezkor futbolchi bo‘ldi
5 iyul 2022, 12:51

Shomurodov Konferensiyalar ligasida eng tezkor futbolchi bo‘ldi

Eldor Shomurodov Yevropa Konferensiyalar ligasining 2021−2022 yilgi mavsumida 33,6 km/soat tezlikni qayd etdi. Shu tariqa «Roma» futbolchisi musobaqaning eng tezkor o‘yinchisi deb topildi.

Italiyadagi Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik uchun qariyb 45 mlrd so‘m ajratiladi
5 iyul 2022, 10:14

Italiyadagi Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik uchun qariyb 45 mlrd so‘m ajratiladi

2023 yildan boshlab o‘zbek sportchilarini 2026 yilda Milan va Kortine-d'Ampetssoda (Italiya) o‘tkaziladigan Qishki Olimpiada va Paralimpiya o‘yinlariga tayyorlash uchun 15 mlrd so‘mgacha mablag‘ ajratiladi. Qishki sport turlari bo‘yicha Respublika ixtisoslashtirilgan sport maktabini tashkil etish rejalashtirilgan.

Nodavlat sport-ta'lim muassasalariga 2026-yilgacha imtiyozlar berildi
4 iyul 2022, 15:32

Nodavlat sport-ta'lim muassasalariga 2026-yilgacha imtiyozlar berildi

Prezident qarori bilan Olimpiya va Paralimpiya sovrindorlari tashkil etgan nodavlat sport-ta'lim muassasalariga 2024-yilgacha, barcha nodavlat sport-ta'lim muassasalariga esa 2024-yildan boshlab ikki yil davomida bino va inshootlar ijara to‘lovlari va soliqlar bo‘yicha imtiyozlar berildi.

Prezident U23 Osiyo kubogining uch nafar sovrindorini mukofotladi
30 iyun 2022, 10:34

Prezident U23 Osiyo kubogining uch nafar sovrindorini mukofotladi

O‘zbekistonda 30 iyun — Yoshlar kuni munosabati bilan futbol bo‘yicha U23 Osiyo kubogining uch nafar sovrindori — Xusain Norchayev, Hojimat Erkinov va Jasurbek Jaloliddinov «Kelajak bunyodkori» medali bilan mukofotlandi. Qolaversa, bokschi Elnur Abduraimov «Mard o‘g‘lon» mukofoti bilan taqdirlandi.

O‘zbekistonlik gimnastikachilar Osiyo chempionatida 17 ta medalni qo‘lga kiritdi
27 iyun 2022, 13:13

O‘zbekistonlik gimnastikachilar Osiyo chempionatida 17 ta medalni qo‘lga kiritdi

Badiiy gimnastika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Osiyo chempionatida 10 ta oltin, 5 ta kumush va 2 ta bronza, jami 17 ta medalni qo‘lga kiritib, o‘z chiqishlarini yakunladi.

Boks: Murodjon Ahmadaliyev Ronni Riosni mag‘lub etib, o‘z kamarini himoya qildi
26 iyun 2022, 15:32

Boks: Murodjon Ahmadaliyev Ronni Riosni mag‘lub etib, o‘z kamarini himoya qildi

Bokschi Murodjon Ahmadaliyev amerikalik Ronni Rios ustidan g‘alaba qozonib, WBA va IBF chempionlik kamarlarini himoya qildi. Bellashuvdan so‘ng o‘zbekistonlik sportchi jangni jarohatlangan qo‘l bilan o‘tkazganini ma’lum qildi.

O‘zbekistonlik taekvondochilar Osiyo chempionatida yana to‘rtta medalni qo‘lga kiritdi
26 iyun 2022, 12:33

O‘zbekistonlik taekvondochilar Osiyo chempionatida yana to‘rtta medalni qo‘lga kiritdi

Taekvondo bo‘yicha Osiyo chempionatida o‘zbekistonlik Jasur Jaysunov hamda Nikita Rafalovich oltin, Feruza Sadikova va Svetlana Osipova bronza medallarini qo‘lga kiritishdi. Musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi umumjamoa hisobida kuchli uchlikda bormoqda.

O‘zbek taekvondochilari Osiyo chempionatida oltin va kumush medalni qo‘lga kiritdi
24 iyun 2022, 16:32

O‘zbek taekvondochilari Osiyo chempionatida oltin va kumush medalni qo‘lga kiritdi

Taekvondo bo‘yicha Osiyo chempionatida Olimpiada chempioni Ulug‘bek Rashitov oltin, Charos Qayumova esa kumush medalni qo‘lga kiritdi.

MOQ raisi o‘rinbosari endi «Olimpik» futbol klubini boshqaradi
23 iyun 2022, 21:23

MOQ raisi o‘rinbosari endi «Olimpik» futbol klubini boshqaradi

MOQ raisi o‘rinbosari, O‘zbekiston boks federatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari Saken Polatov «Olimpik» futbol klubiga rahbar bo‘ldi. U bungacha «Lokomotiv»ni ham boshqargan.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting