Janubiy Koreyada o‘tkazilgan Osiyo chempionatidan so‘ng taekvondochilarning yangilangan reytingi e’lon qilindi. O‘zbekistonlik sportchi Charos Qayumova ilk bor ayollar o‘rtasidagi jahon reytingi yetakchisiga aylandi, deya xabar berdi O‘zbekiston taekvondo WT assotsiatsiyasi matbuot xizmati.

Qit’a chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasining ushbu yo‘nalishdagi boshqa vakillari ham o‘z o‘rinlarini mustahkamladi. Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati kuchli o‘ntalikdan jami olti nafar O‘zbekiston sportchisi joy olganini ma’lum qildi.

Erkaklar:

-63 kg:
1. Joan Kala (Ispaniya) — 140,74 ball,
13. Niyoz Po‘latov (O‘zbekiston) — 64,90

-68 kg:
1. Bredli Sinden (Buyuk Britaniya) — 293,44
2. Ulug‘bek Rashitov (O‘zbekiston) — 262,31

-74 kg:
1. Daniyel Kesada (Ispaniya) — 132,58
10. Jasurbek Jaysunov (O‘zbekiston) — 80,40

-80 kg:
1. Maksim Xramtsov (Rossiya) — 304,34
9. Shuhrat Salayev (O‘zbekiston) — 141,13

-87 kg:
1. Migel Soaresh (Braziliya) — 190,64
13. Nikita Rafalovich (O‘zbekiston) — 61,60

87 kg:
1. Vladislav Larin (Rossiya) — 259,96
25. Shohrux Radjabov (O‘zbekiston) — 56,87

Ayollar:

-53 kg:
1. Charos Qayumova (O‘zbekiston) — 126,84
2. Tatyana Minina (Rossiya) — 116,70

-62 kg:
1. Karolin Santos (Braziliya) — 202,24
4. Feruza Sadikova (O‘zbekiston) — 111,71

73 kg:
1. Byanka Uolkden (Buyuk Britaniya) — 352.07
7. Svetlana Osipova (O‘zbekiston) — 156.07