O‘zbekistonlik professional bokschi, WBA va IBF yo‘nalishlari bo‘yicha birinchi yarim yengil vazn toifasida jahon chempioni Murodjon Ahmadaliyev (11−0, 8 KO) 25 iyun kuni San-Antonioda (AQSh) WBA yo‘nalishi bo‘yicha majburiy raqibi Ronni Riosni (33−4, 16 KO) 12-raundda texnik nokaut bilan mag‘lub etdi. Iyun oyida San-Antonio (AQSh).


Jang davomida chustlik 27 yoshli bokschi ustunlik qildi, 32 yoshli amerikalik bosim o‘tkazishga urindi, ammo natija bo‘lmadi. 12-raundda Murodjon Ahmadaliyev hujumga o‘tib, raqibini nokdaunga uchratdi, keyin esa hakamni jangni to‘xtatishga majbur qildi. Final raundiga kelib o‘zbekistonlik bokschi hakamlar hisobiga ko‘ra oldinda edi — 108:101.

G‘alabadan so‘ng Ahmadaliyev ikkinchi raundda chap qo‘lini jarohatlab olgani, so‘nggi raundgacha asragani, tavakkal qilishga qaror berib, muddatidan avval g‘alaba qozonishga intilganini ta’kidladi.

«Ikkinchi raundda qo‘limni jarohatlab oldim. Uning peshonasiga urdim va qo‘limni jarohatladim. Kaftimning orqa tomonidan foydalandim va bu juda muvaffaqiyatli bo‘ldi, biroq jangning qolgan qismi haqida tashvishlanardim. Lekin menga uni to‘xtatishimni xohlashlarini aytishdi, shuning uchun qaror qildim», — dedi u.

Sportchining ta’kidlashicha, uning burchagi oldinga o‘tib, jangni yakunlashni so‘ragan. «Mendan shunchaki og‘riqni unutishimni va qo‘l haqida qayg‘urmaslikni so‘rashdi. Bu haqda keyinroq bosh qotiramiz deyishdi. Biroz tavakkal qilishimga to‘g‘ri keldi, chunki Ronni jangchi va jangda edi», — deydi bokschi.

O‘zbekistonlik sportchi promouterlar taklif qiladigan har qanday raqibga qarshi ringga chiqishga tayyor ekanligini ham ta’kidladi.

Video

Statistika


Foto