Sport

YeCHL nimchorak final juftliklari ma’lum bo‘ldi
7 noyabr 2022, 18:03

YeCHL nimchorak final juftliklari ma’lum bo‘ldi

Chempionlar Ligasining 1/8 final bahslarida PSJ — Bavariya, Liverpul — Real Madrid, Chelsi — Borussiya Dortmund kabi jamoalar to‘qnash keladigan bo‘ldi.

O‘zbekiston dzyudochilari «Katta dubulg‘a» turkumiga kiruvchi musobaqada 4 ta medal qo‘lga kiritdi
7 noyabr 2022, 11:48

O‘zbekiston dzyudochilari «Katta dubulg‘a» turkumiga kiruvchi musobaqada 4 ta medal qo‘lga kiritdi

O‘zbekistonlik dzyudochilar Bokudagi «Katta dubulg‘a» turkumiga kiruvchi turnirda to‘rtta medal — 1 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Futbol: O‘zbekiston ilk bor Rossiya bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi
6 noyabr 2022, 10:22

Futbol: O‘zbekiston ilk bor Rossiya bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi tarixda ilk bor FIFA va UEFA shafeligidagi barcha turnirlardan chetlashtirilgan Rossiya bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi, shuningdek, Qozog‘iston terma jamoasi bilan ham uchrashadi.

JCH-2022: daholar ishtirokidagi paradokslar
5 noyabr 2022, 20:00

JCH-2022: daholar ishtirokidagi paradokslar

“Gazeta.uz” jahon chempionati boshlanishiga hafta-kunlarni sanashda davom etmoqda. Sizga “C” guruhini tanishtiramiz: Meksika pley-off yo‘llanmasini imkon qadar tezroq qo‘lga kiritishga, Argentina futbol mamlakati nomini oqlashga, Polsha va Saudiya Arabistoni esa ularga taslim bo‘lmaslikka harakat qiladi.

JCH-2022: Faqat sof pragmatizm, hech qanday siyosat yo‘q
3 noyabr 2022, 13:30

JCH-2022: Faqat sof pragmatizm, hech qanday siyosat yo‘q

“Gazeta.uz” futbol bo‘yicha 2022-yilgi Jahon chempionati boshlanishiga haftalar, kunlarni sanashda davom etmoqda. “B” guruhi bilan tanishtirsak: Eron va AQSh pley-off yo‘llanmasi uchun kurashadi, Uels terma jamoasi 64 yillik tanaffusdan so‘ng qaytmoqda, Angliya esa muxlislarni zeriktirmaslikka harakat qiladi.

JCH-2022: Mehmonlar uchun yaxshi, Doha uchun undan-da yaxshi
2 noyabr 2022, 09:00

JCH-2022: Mehmonlar uchun yaxshi, Doha uchun undan-da yaxshi

Qatarda bo‘lib o‘tadigan futbol bo‘yicha jahon chempionatiga 18 kun qoldi. “Gazeta.uz” har to‘rt yilda bir bor o‘tkaziladigan asosiy futbol tadbiri ishtirokchilari bilan tanishtirishni boshlaydi.

“Nasaf” 2022-yilgi O‘zbekiston Kubogini qo‘lga kiritdi
30 oktabr 2022, 22:46

“Nasaf” 2022-yilgi O‘zbekiston Kubogini qo‘lga kiritdi

“Nasaf” uch karra O‘zbekiston Kubogi sohibiga aylandi va bu ko‘rsatkich bo‘yicha “Navbahor” bilan tenglashib oldi. Ushbu jamoalar ayni vaqtda O‘zbekiston Superligasida ham chempionlik uchun asosiy da’vogarlardan bo‘lib turibdi.

Abdusattorov Fisher shaxmati bo‘yicha JCHda uchinchi o‘rin uchun Karlsen bilan o‘ynaydi
30 oktabr 2022, 19:20

Abdusattorov Fisher shaxmati bo‘yicha JCHda uchinchi o‘rin uchun Karlsen bilan o‘ynaydi

O‘zbekistonlik shaxmatchi Nodirbek Abdusattorov Fisher shaxmati bo‘yicha jahon chempionatining yarim finalida amerikalik Xikaru Nakamuraga imkoniyatni boy berdi. Endilikda o‘zbekistonlik shaxmatchi turnirda uchinchi o‘rin uchun Magnus Karlsenga qarshi bahs olib boradi.

Nodirbek Abdusattorov Fisher shaxmati bo‘yicha JCH yarim finaliga chiqdi
28 oktabr 2022, 20:31

Nodirbek Abdusattorov Fisher shaxmati bo‘yicha JCH yarim finaliga chiqdi

O‘zbekistonlik shaxmatchi Nodirbek Abdusattorov Fisher tasodifiy shaxmati bo‘yicha jahon chempionatining guruh bosqichida birinchi o‘rinni egallab, musobaqaning yarim finaliga yo‘l oldi. U islandiyalik grossmeysterni 4:0 hisobida, jahon chempionligiga nomzodni esa ikki marta mag‘lub etdi.

O‘zbekiston termasi ilk bor o‘q otish sporti bo‘yicha JCHda kumush medalini qo‘lga kiritdi
26 oktabr 2022, 18:09

O‘zbekiston termasi ilk bor o‘q otish sporti bo‘yicha JCHda kumush medalini qo‘lga kiritdi

Qohirada (Misr) bo‘lib o‘tgan o‘q otish sporti bo‘yicha jahon chempionatida o‘zbekistonlik sportchilar 10 metrdan pnevmatik to‘pponchadan otish bo‘yicha jamoaviy bahslarda kumush medalni qo‘lga kiritdi.

“JCh-2022`da ishlash taklifi tushganda, beradigan oyligiga ham qaramadim” — Alisher Nikimbayev
26 oktabr 2022, 13:00

“JCh-2022`da ishlash taklifi tushganda, beradigan oyligiga ham qaramadim” — Alisher Nikimbayev

Alisher Nikimbayev — Qatar futbol assotsiatsiyasi va Osiyo futbol konfederatsiyasida texnik ekspert. “Xorijdagi o‘zbekistonliklar” loyihasi doirasida u 20-noyabrdan 18-dekabrgacha Qatarda bo‘lib o‘tadigan JCh-2022`ga tayyorgarlik jarayonlari, qolaversa, o‘zbek futboli muammolari va istiqbollari haqida so‘zlab berdi.

Fisher shaxmati bo‘yicha JCHda Nodirbek Abdusattorov Yan Nepomnyashiy va Uesli Soni mag‘lub etdi
26 oktabr 2022, 11:17

Fisher shaxmati bo‘yicha JCHda Nodirbek Abdusattorov Yan Nepomnyashiy va Uesli Soni mag‘lub etdi

Shaxmat bo‘yicha «World Fischer Random Chess Championship» jahon chempionatida o‘zbekistonlik Nodirbek Abdusattorov rossiyalik Yan Nepomnyashiy va amerikalik Uesli Soni mag‘lub etdi. Uning keyingi raqibi islandiyalik Steyn Gretarsson bo‘ladi.

Mahmud Murodov UFC`da ikkinchi bor mag‘lubiyatga uchradi
22 oktabr 2022, 23:34

Mahmud Murodov UFC`da ikkinchi bor mag‘lubiyatga uchradi

O‘zbekistonlik jangchi Mahmud Murodov UFC 280 musobaqasida braziliyalik Kayo Borralodan mag‘lubiyatga uchradi. Bu uning UFC`dagi ikkinchi mag‘lubiyati bo‘ldi.

O‘zbekistonlik yosh atletlar terma jamoasi Osiyo chempionatida 3-o‘rinni egalladi
17 oktabr 2022, 11:00

O‘zbekistonlik yosh atletlar terma jamoasi Osiyo chempionatida 3-o‘rinni egalladi

Quvaytda yengil atletika bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati yakunlandi. Unda O‘zbekiston terma jamoasi 5 ta oltin, 1 tadan kumush va bronza medallarini qo‘lga kiritdi.

Og‘ir atletika bo‘yicha Osiyo chempionatida yana bir o‘zbekistonlik 3 ta medalni qo‘lga kiritdi
15 oktabr 2022, 21:51

Og‘ir atletika bo‘yicha Osiyo chempionatida yana bir o‘zbekistonlik 3 ta medalni qo‘lga kiritdi

Og‘ir atletika bo‘yicha Osiyo chempionatida -102 kg vazn toifasida qatnashgan o‘zbekistonlik Sharofiddin Amriddinov 1 ta oltin va 2 ta kumush medalini qo‘lga kiritdi. Avvalroq Adhamjon Ergashev terma jamoa hisobiga 3 ta oltin medal keltirgandi.

O‘zbekistonlik atletlar Osiyo chempionatida yana 2 oltin medalni qo‘lga kiritdi
15 oktabr 2022, 14:18

O‘zbekistonlik atletlar Osiyo chempionatida yana 2 oltin medalni qo‘lga kiritdi

Quvaytda o‘tayotgan yengil atletika bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida ko‘pkurash bahslarida Nodir Norboyev, balandlikka sakrash dasturida Barnoxon Sayfullayeva oltin medal oldi. Avvalroq, 15 yoshli Sharifa Davronova uzunlikka sakrash bahsida oltin medalga ega chiqqandi.

Sharifa Davronova yengil atletika bo‘yicha Osiyo chempionatida oltin medal oldi
14 oktabr 2022, 14:54

Sharifa Davronova yengil atletika bo‘yicha Osiyo chempionatida oltin medal oldi

Quvaytda o‘tkazilgan yengil atletika bo‘yicha 18 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida o‘zbekistonlik 15 yoshli Sharifa Davronova uzunlikka sakrashda 6,06 metr natija qayd etib, oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Adhamjon Ergashev og‘ir atletika bo‘yicha Osiyo chempioni bo‘ldi
11 oktabr 2022, 18:52

Adhamjon Ergashev og‘ir atletika bo‘yicha Osiyo chempioni bo‘ldi

O‘zbekistonlik og‘ir atletikachi Adhamjon Ergashev Bahrayndagi Osiyo chempionatida 3 ta oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Muzaffarbek To‘raboyev dzyudo bo‘yicha jahon chempioni bo‘ldi
11 oktabr 2022, 18:31

Muzaffarbek To‘raboyev dzyudo bo‘yicha jahon chempioni bo‘ldi

Humo Arena`da o‘tayotgan dzyudo bo‘yicha Jahon chempionatinig 6 kunida -100 kg vazn toifasidagi bellashuvda Muzaffarbek To‘raboyev chempionlikni qo‘lga kiritdi. Shu bilan O‘zbekiston hisobiga ikkita oltin medal yozib qo‘yildi. Shavkat Mirziyoyev sportchini g‘alaba bilan tabrikladi.

«Prezident tomosha qilib o‘tirganidan keyin yutqazishga haqqim yo‘q edi». Davlat Bobonov finaldagi g‘alabasi haqida
10 oktabr 2022, 22:16

«Prezident tomosha qilib o‘tirganidan keyin yutqazishga haqqim yo‘q edi». Davlat Bobonov finaldagi g‘alabasi haqida

Dzyudo bo‘yicha Jahon chempionatining -90 kg vazn toifasida g‘olib bo‘lgan Davlat Bobonovga oltin medalni Shavkat Mirziyoyevning o‘zi taqib qo‘ydi. «Prezident tomosha qilib o‘tirganidan keyin yutqazishga haqqim yo‘q edi», — dedi Bobonov. «Gazeta.uz» final uchrashuvidan fotoreportaj tayyorladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting