Quvaytda o‘tgan yengil atletika bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi 3-o‘rinni egalladi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Unda ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi 5 ta oltin, 1 tadan kumush va bronza medallarini jamg‘ardi.

Musobaqaning so‘nggi kunida 2000 metrga to‘siqlar osha yugurish bahsida eng yaxshi natija qayd etgan Dilshoda Usmonova (6:55,41) oltin medalga sazovor bo‘ldi. Shuningdek, langarcho‘pga tayanib sakrash dasturida Jasmina Mansurova 3,60 metr bilan kuchli uchlikdan joy oldi va jamoaga bronza medalini taqdim qildi.

Umumiy hisobda 7 ta medal o‘z egasini topdi.

Oltin medal:

Sharifa Davronova (uzunlikka sakrash va uch hatlab sakrash)

Barnoxon Sayfullayeva (balandlikka sakrash)

Nodir Norboyev (ko‘pkurash)

Dilshoda Usmonova (2000 m, to‘siqlar osha)

Kumush medal:

Xushnoza Shavkatova (uch hatlab sakrash)

Bronza medal:

Jasmina Mansurova (langarcho‘pga tayanib sakrash)