Bahraynning Manama shahrida o‘tgan og‘ir atletika bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida -67 kg vazn toifasida bahs olib borgan Adhamjon Ergashev 3 ta oltin medal oldi. Bu haqda Sportni rivojlantirish vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

U dast ko‘tarish mashqida 138 kg, siltab ko‘tarishda 176 kg, ikki kurash bo‘yicha esa 314 kg natija qayd etdi. Uning raqiblari bu natijani yangilay. olmadi va yakunda o‘zbekistonlik sportchi 3 ta oltin medalga sazovor bo‘ldi.

Natijalar:
1. Adhamjon Ergashev — 314 kg (138+176 O‘zbekiston)
2. Yasin Muhammad — 303 (137+166 Indoneziya)
3. Anucha Doungsru — 301 (136+165 Tailand)

Osiyo chempionatida ayni vaqtda hamyurtlarimiz hisobida 3ta oltin, 3 ta bronza medal bor.