Angliya

1966-yilgi jahon chempioni, final turnirlarining 14 karra ishtirokchisi. O‘z maydonidagi jahon chempionatidagi g‘alaba inglizlarni top-turnirlardagi “halokatli darajadagi omadsizlar” ro‘yxatidan o‘chirishga rasman imkon beradi. Dunyoning eng qimmat futbol chempionati marketingi — Angliya Premer-ligasi o‘zining ishini qilmoqda va bukmekerlik idoralari ma’lumotlariga ko‘ra Angliya Qatarda bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatida kuchli uchta favoritdan biri hisoblanadi.

2022-yilgi jahon chempionati saralashida Yevropa jamoalari o‘rtasida to‘p kiritish bo‘yicha Angliya yetakchi — 10 turda 39 ta gol. Bu hech kimni hayron qoldirmasa kerak: gollarning chorak qismi San-Marinoga qarshi so‘nggi o‘yinda kiritilgan. 2016-yilda “Uch sherlar” jamoasini boshqargan sobiq himoyachi Garet Sautgeyt ingliz futboli lavhlariga mashhur sovet-ukrain murabbiysi Valeriy Lobanovskiyning “O‘yin unutiladi, natija esa qoladi” mazmunidagi so‘zlarini yozib qo‘yish uchun har narsa qilishdi.

2020-yilgi Yevropa chempionatida Sautgeyt o‘z ixtiyorida bo‘lgan iqtidorli hujumkor o‘yinchilar — Harri Keyn, Fil Foden, Jek Grilish va hatto Raxim Sterling ishtirokida o‘zining super-pragmatizm uslubining haqiqiy mashaqqat sinoviga aylanishi mumkinligini isbotladi. Yevro-2020'da murabbiy bu g‘oyani muxlislarga sotishga deyarli ulgurdi, ammo o‘ziga ishongan Angliya termasi finalda dabdabali italiyaliklarga (penaltilar seriyasida bo‘lsa-da) mag‘lub bo‘ldi.

Foto: England / Twitter

Qatarda biz yana britaniyaliklarning to‘pga so‘zsiz egalik qilishini, raqib xatolarini poylash strategiyasini va yaxshi qurilgan tuzilmani kutamiz, bu yerda hech qanday shubha yo‘q. Milliy terma jamoaning yangi avlod futbolchilari — Meyson Maunt, Jud Billingem va Deklan Rays o‘zlarining individual qobiliyatlariga sodiq qolgan holda, maydondagi yo‘qotishlarni minimallashtirishga o‘rganmoqda. Ammo Angliyaning eng sodiq muxlislarigina bunday tomoshaga dosh bera oladi.

Jahon chempionati arafasida britaniyaliklar himoyada jiddiy muammoga duch kelishdi. Trent, Uoker va Jeymsning yo‘qligi o‘ng qanotdagi “yondiruvchilarga” bo‘lgan tanlovni deyarli almashtirib bo‘lmas va o‘yinini oldindan tahmin qilib bo‘lmaydigan Trippiyergacha qisqartirishi mumkin edi, ammo Jahon chempionatining arafasida birinchi ikkitasi o‘zini tiklay olishdi.

Albatta, Angliya terma jamoasi guruhdan muammosiz chiqa oladi va hech bo‘lmaganda chorak finalga yo‘l oladi.

Eron

2022-yilgi Jahon chempionatiga qur’a tashlash marosimi jamoalar va muxlislarga “o‘lim guruhi"ni taqdim etmadi. Ammo qur’a tashlashga mas’ul bo‘lganlar “B” guruhida nafaqat sport xarakteridagi intrigani yaratishga muvaffaq bo‘lishdi. Eron terma jamoasi o‘zining oltinchi va 2014 yildan beri ketma-ket uchinchi jahon chempionatida ishtirok etadi. Ammo Qatarda eronliklar 1998-yilgi jahon chempionatidan keyin ikkinchi marta AQSh bilan bir guruhda o‘ynaydi.

Eron sport mutasaddilari tomonidan jahon chempionati oldidan boshlangan murabbiylik mashmashalariga aynan milliy terma jamoaning Qatardagi uchinchi, so‘nggi o‘yini, ya’ni amerikaliklar bilan bo‘ladigan o‘yin natijasi borasidagi tashvish sabab bo‘lgan bo‘lsa kerak. sentabr oyida xorvatiyalik murabbiy Dragan Skoshich ikkinchi marta ishdan bo‘shatildi va uning o‘rniga Karlush Keyrush tayinlandi.

Portugaliyalik murabbiy Eron terma jamoasi asosi bilan yaxshi tanish. Import o‘rnini bosish siyosatining bir qismi sifatida Eron futbolining eng yaxshi farzandlari xorij tajribasidan foydalanish uchun ekspeditsiyalarga kamdan-kam hollarda chiqishadi. Bugungi kunda bu qafasda Keyrush faqat “Bayer"dan Serdar Azmun, Afinaning AEK jamosi vakili Exsan Xajsafi va Portugaliyaning “Portu"sidan Mehdi Taremi bor.

Foto: IRNA agentligi.

Shu bilan birga, Eron bugun Osiyoning eng yaxshi jamoasi maqomini egallab turibdi, tashkilotchilik va ratsionallik uni har qanday raqib uchun xavfli qiladi. Katta ehtimol bilan “B” guruhidagi yo‘llanmalardan birining taqdiri 29 noyabr kuni Eron — AQSh uchrashuvida hal bo‘ladi. Ko‘p narsa jamoalarning ushbu o‘yinga qanday munosabatda bo‘lishiga bog‘liq bo‘ladi. Lekin nima bo‘lganda ham eronliklar bu bahsda mag‘lub bo‘lmaslik uchun o‘z jonlarini berishadi.

AQSh

Amerikaning futbol turnirlarida ishtirok etishi haqidagi har qanday e’lon tushunmovchiliklarga sabab bo‘lishi va Yangi qit’a bu to‘p o‘yinini nima uchun “futbol” deb ataganini tushuntirish davri allaqachon o‘tib ketgan. AQSh terma jamoasi uchun 2022-yilgi jahon chempionati o‘z tarixi dagi 11-chisi bo‘ladi. Qolaversa, amerikaliklar 1930-yilgi birinchi jahon chempionatida yarim finalda o‘ynab, o‘zining eng yaxshi natijasiga erishgan. 2002 yilda Janubiy Koreya va Yaponiyada bo‘lib o‘tgan Jahon chempionatida AQSh chorak finalga chiqishga muvaffaq bo‘lishdi va bo‘lajak finalchilarga, ya’ni nemislarga yutqazib qo‘yishdi.

2018-yilning dekabr oyidan AQSh terma jamoasini 48 yoshli mahalliy mutaxassis Gregg Berxalter boshqarib kelmoqda, o‘shandan beri u o‘zining individualligini ko‘rsata olmadi. Agar KONKAKAF saralash guruhidagi raqiblar qat’iyatliroq bo‘lganida, amerikaliklar Qatarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri emas, balki hamma narsa sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan qo‘shimcha sinovlar orqali yo‘l olishlari mumkin edi.

Foto: CBS

Amerika MLS ligasida yangi iste’dodlar qo‘ziqorin kabi o‘sib bormoqda. Yanvar oyida Germaniyaning “Augsburg” klubi “Dallas"ning 19 yoshli hujumchisi Rikardo Pepi uchun bir kechada 20 mln dollar to‘lab, uni AQSh tarixidagi eng qimmat futbolchiga aylantirdi. Uning sobiq jamoadoshi, 21 yoshli Xesus Ferreyra, agar Qatarda o‘zini ko‘rsatsa, rekordni buzishi va undan qimmatroq bo‘lishi mumkin. Shu fonda hattoki, “Chelsi"ning 23 yoshli hujumchisi, terma jamoaning so‘zsiz yetakchisi Kristian Pulishich ham deyarli faxriydek ko‘rinadi.

AQSh pley-offga chiqishga qodir, ammo Londonning “Arsenal” klubi bilan shartnoma imzolagan 28 yoshli posbon Mett Tyorner har bir o‘yinda muvaffaqiyat qozongan taqdirdagina juda tajribasiz himoya bilan oldinga siljish mumkin bo‘ladi. Qolganlarning jasoratlarini esa 2026-yilgi jahon chempionatigacha kutishga to‘g‘ri keladi.

Uels

Ushbu guruhdagi Britaniya orollarining yana bir jamoasi 64 yillik tanaffusdan so‘ng yana jahon chempionatida ishtirok etadi: bungacha uelsliklar 1958-yilda Shvetsiyada bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida ishtirok etishgan. Uels Qatarga yo‘l olish uchun butun saralash bosqichidan, jumladan pley-offdan o‘tishi kerak edi.

Ajdarholarning yangi boshqaruvchisi, 47 yoshli Rob Peyj britaniyalik afsonaviy Rayan Giggzning ikki qizga hujumi bilan bog‘liq voqeadan so‘ng uning o‘rnini egalladi. Peyj o‘zidan oldingi murabbiyning yutuqlarini saqlab qolishga harakat qilmoqda, shu bilan birga, “yurish emas, uchish orqali” tamoyilidan foydalanish, aniqrog‘i, jarima maydonchasiga Uelsning asosiy umidi — Garet Beylga havodan to‘p uzatishni nazarda tutadi.

Ijtimoiy tarmoqlarda va matbuotda Beylning golfga bo‘lgan ishtiyoqi bilan bog‘liq barcha hazillarga qaramay, aynan sobiq “madridlik” hozir Los-Anjelesda o‘ynab, Uels terma jamoasini 2022-yilgi Jahon chempionatiga omadli yo‘llanmani Avstriya va Ukrainadan deyarli bir o‘zi tortib oldi.

Foto: Football Association of Wales

Beylsiz Uels jamoasi mehnatsevar va kurashuvchan, lekin juda o‘rtamiyona jamoa bo‘lib ko‘rinadi. Jamoaning doimiy tarkibidan hamon munosib o‘yin ko‘rsatayotgan darvozabon Ueyn Xennessi, “Tottenxem"ning yetuk himoyachi futbolchilari Ben Devis va Jo Rodon, shuningdek, hozirda “Nitssa"da o‘ynayotgan yarim himoyachi Aaron Remzi o‘rin olgan.

Uels 2022-yilgi Jahon chempionatidagi yo‘lini AQShga qarshi o‘yin bilan boshlaydi, u yerda yosh Amerika jamoasini jasorat va hujumlarga bo‘lgan ishtiyoqi uchun jazolashi mumkin. Muvaffaqiyatga erishgan taqdirda va uchinchi bosqichda Angliyada motivatsiya bo‘lmasa, uelmsliklar guruhdan chiqishga umid qilishlari mumkin.

“C” guruhi bilan tanishuv — 5-noyabr, shanba kuni “Gazeta.uz"da.